Migratsiya

Janubiy Koreya Oʻzbekistonni qizil hududdagi davlatlar roʻyxatidan chiqardi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishFlag Yujnoy Korei v Seule.
Flag Yujnoy Korei v Seule. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Janubiy Koreya Oʻzbekistonni qizil hududdagi davlatlar roʻyxatidan chiqardi. Bunga respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Janubiy Koreya Oʻzbekistondagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani inobatga olib, uni qizil hududdagi davlatlar roʻyxatidan chiqardi.
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻzbekistonlarga murojaat qildi.
“Shartnomasi mavjud hamda viza tasdiqnomalarining amal qilish muddati tugamagan fuqarolarni pandemiya davrida Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda joʻnatish tartibini kelishib olish boʻyicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mazkur davlatning tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, hozir fuqarolarni tashkiliy tarzda joʻnatishning aniq sanalari nomaʼlum. Shartnomasi kelgan va viza tasdiqnomalari mavjud fuqarolarning agentlikka taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarni tayyorlab qoʻyishlari tavsiya qilinmoqda.
Kak proxodit sobesedovaniye dlya rabotы v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2021
Migratsiya
Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday boʻlib oʻtmoqda
Mehnat migratsiyasi: Oʻzbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutyaptimi?
Agentlik sudlanmaganlik toʻgʻrisidagi va tibbiy maʼlumotnomalarning amal qilish muddati berilgan kundan boshlab 3 oy ekanini eslatgan.
Janubiy Koreyaga pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi - TMMA
Shuningdek, xorijga chiqish pasportiga ega boʻlmagan fuqarolardan zudlik bilan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala