O‘zbekiston IIV 2020-yilda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar sonini ochiqladi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
2020 yilda fuqarolar tomonidan 322ta holatda ichki ishlar organlari xodimlariga qonun talabiga bo‘ysunmaslik holatlari sodir bo‘lgan va ularga qarshilik ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil davomida 62 nafar Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan. 291 nafari esa turli darajada tan jarohatlari olgan.
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2018
Haydovchi GAI xodimini nega do‘pposlaganiga O‘zbekiston IIV aniqlik kiritdi
Bu haqda bugun, chorshanba kuni, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ichki ishlar vazirligi kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Avazbek Inomovning aytishicha, vafot etgan xodimlarning oila-a’zolariga jami 8 milliard so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatilgan. 
Shuningdek, o‘tgan yil davomida ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan turli holatlar aks etgan 201ta videoroliklar xalq orasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan.
"Internet tarmog‘ida keng tarqalgan 201 ta rolikdan 84tasida IIV xodimlari aybi tasdiqlanmagan, jumladan, fuqarolarga nisbatan 22ta holatda ma’muriy, 9ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", - dedi Inomov.
Uzbekskiy militsioner osmatrivayet mashinu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2017
O‘zbekistonda "GAI" xodimlari harakatlarini videoga yozish tizimi ishga tushiriladi
Ma’lum qilinishicha, kadrlar bosh boshqarmasi va o‘z xavfsizlik bo‘linmalari tomonidan har bitta holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 87 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Shundan sakkiz nafar xodim ichki ishlar organlari tizimida bo‘shatilgan, 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda fuqarolar tomonidan 322ta holatda ichki ishlar organlari xodimlariga qonun talabiga bo‘ysunmaslik holatlari sodir bo‘lgan va ularga qarshilik ko‘rsatilgan.
Shundan 149ta holatda fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 97 holatda fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2020
Surxondaryoda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari orasida mojaro sodir bo‘ldi
"Yuqoridagi raqamlarni keltirishdan maqsad, qancha fuqarolarga chora ko‘rilgan, yoki qancha xodimlar ishdan bo‘shatilganini ko‘rsatish emas, aslo undaymas. Ko‘p holatlarda xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, fuqarolarimiz tomonidan o‘zlarini haq-huquqlarini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida, tarmoqlarda salbiy holatlar aks etib, bu bizning imijimizga ta’sir etmoqda", - dedi Inomov.
Tadbirda shuningdek, 2019-2020 yillarda Ichki ishlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida ham qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.
Inomovga ko‘ra, so‘nggi yillarda tizimda kadrlar siyosatini to‘g‘ri olib borish, lavozimlarga yuqori salohiyatga ega professional kadrlarni jamlash, ayniqsa, yangi avlod ichki ishlar xodimlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ichki ishlar organlari xizmat intizomi, xodimlarni maqsadli tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish, ularni vatanga va kasbga sadoqatli qilib tarbiyalash borasida chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
2019-2020 yillar davomida ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan tuzilgan alohida ishchi guruh respublikadagi har bir ichki ishlar organlariga borib, o‘sha joyda uchrashuvlarda shaxsiy tarkib bilan sodir etilayotgan nojo‘ya xatti-harakatlar tanqidiy muhokama qilinib, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘z xizmat burchiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, tizim sha’niga dog‘ tushirayotgan xodimlarga nisbatan yig‘ilishlarning o‘zida keskin choralar ko‘rilgan.
Bundan tashqari, xalq bilan bevosita ishlovchi sohalar: ya’ni, yo‘l-patrul xizmati, patrul-post xizmati, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishning barcha xodimlari attestatsiyadan o‘tkizilib, ular orasida lavozimiga noloyiq deb topilgan 178 nafari lavozimdan ozod etilgan. 20 nafari ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Vrach izmerayet diametr jivota, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2019
Yangi yil choragida ichki ishlar tizimida "qorin qo‘yganlar" masalasi ko‘riladi  
Tizimda xizmat intizomiga bevosita mas’ul bo‘lgan har bir rahbarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari mavjud. Ushbu rahbar xodimlarning faoliyati to‘liq o‘rganilib, maxsus komissiya tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilgan.
Shaxsiy tarkib o‘rtasida ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xodimlar aniqlanib, ichki ishlar organlarini bunday xodimlardan xoli tizimga aylantirish maqsadida psixologlar tomonidan har bir ichki ishlar organlarida ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganib, xodimlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0