Iqtisod

Oʻzbekistonda ilk bor isteʼmol savatining qiymati hisoblab chiqildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishProdaja kurinыx yaits v regionax Rossii
Prodaja kurinыx yaits v regionax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Oʻzbekistonda ilk bor hisoblab chiqilgan isteʼmol savatining qiymati - 2 milliondan oshib ketdi. Uning katta qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor isteʼmol savati miqdori hisoblab chiqildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sputnik muxbiriga.
Korzina s produktami v kanadskom supermarkete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Oʻzbekistonda "isteʼmol savati"ning loyihasi ishlab chiqilmoqda
Xabarda aytilishiga koʻra, jahon tajribasi va aholining ijtimoiy soʻrov natijalarini hisobga olgan holda 2020 yil dekabr oyida isteʼmol savatini hisob-kitob qilish ishlari olib borilgan.
Uning tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-roʻzgʻor buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat toʻlovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.
Natijada Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli boʻlgan bir kishi uchun bir oylik isteʼmol savati qiymati oʻrtacha - 2 157 000 soʻmni tashkil etgan.
Unga quyidagilar kiritilgan: 
1. Oziq ovqatlar - 1,27 mln. soʻm
  • goʻsht 8 kilo (550 ming)
  • meva-sabzavotlar (338 ming)
  • baliq (113 ming)
  • non va dukkakli mahsulotlar (140 ming) 
2. Shaxsiy gigiyena va xoʻjalik mollari - 76 ming soʻm 
  • sovun, shampun, tish pastasi
  • kir yuvish kukuni, tualet qogʻozi
3. Xizmatlar va kommunal toʻlovlar - 782 ming soʻm.
  • Tibbiy xizmatlar va sartarosh (108 ming)
  • Qoʻshimcha mashgʻulotlar (300 ming)
  • Internet, tv, mobil aloqa (140 ming)
  • Transport (84 ming)
  • Kommunal toʻlovlar (150 ming) 
Shu oʻrinda, taʼkidlash joizki, odatda isteʼmol savati aholining 3ta ijtimoiy-demografik guruhi - mehnatga layoqatlilar, nafaqaxoʻrlar va bolalar uchun alohida hisoblab chiqilishi kerak. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hozircha faqat bir guruh uchun isteʼmol savati miqdorini hisoblab chiqishgan ulgurgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala