Rossiya

Aripov YEOII hukumatlararo kengashi yigʻilishida ishtirok etadi

© Press-slujba pravitelstva KыrgыzstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaotada boʻlib oʻtadigan YEOII hukumatlararo kengashi yigʻilishida ishtirok etadi
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juma kuni Olmaotada boʻlib oʻtadigan YEOII hukumatlararo kengashi yigʻilishida ishtirok etadi. "Dunyo" axborot agentligi xabariga asosan.
"Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasi ertaga Olmaotada (Qozogʻiston) boʻlib oʻtadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi", - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston hukumati rahbari birinchi marta Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, Abdulla Aripov "Almaty Digital Forum 2021" forumida ishtirok etadi.
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
YEOII ichida transport qatnovi qachon toʻlaqonli tiklanadi - Malkina izohi
Avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi boʻlajak yigʻilish kun tartibiga 11 masala kiritilganini maʼlum qildi: ittifoq hududida maxsus himoya, antidemping va kompensatsiya choralarini qoʻllash mexanizmlarini takomillashtirish, YEOII tarif preferentsiyalar yagona tizimidan foydalanuvchi-davlatlar roʻyxatlarini yangilash.
Hukumatlararo kengash ittifoq davlatlarining dengiz oʻtish punktlarida elektron hujjat aylanishini rivojlantirish kontseptsiyasi, YEOII davlatlarida amalga oshiriladigan chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha selektsiya va naslchilik ishlarini muvofiqlashtirish va analitik taʼminoti tartibi muhokama qilinadi. Bundan tashqari, YEIK makroiqtisodiy vaziyat toʻgʻrisida doklad va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha takliflarni taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda YEOII aʼzolari – Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston. Kuzatuvchi – davlatlar – Oʻzbekiston, Kuba va Moldova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala