Siyosat

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov senator boʻldi

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiXokim Buxarskoy oblasti Zaripov Botir Kamilovich bыl izbran chlenom Senata Oliy Majlisa.
Xokim Buxarskoy oblasti Zaripov Botir Kamilovich bыl izbran chlenom Senata Oliy Majlisa. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Yashirin ovoz berish yoʻli bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, Buxoro viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Senat aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtgan.
Xayrulla Bozorov — xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Jamiyat
Fargʻona viloyati hokimi Senat qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi
Yigʻilishda Senat aʼzoligiga boʻladigan saylov boʻyicha deputatlarga zaruriy tushunchalar berilgan. Shundan soʻng yashirin ovoz berish yoʻli bilan Senat aʼzosini saylash boʻyicha saylov oʻtkazilgan.
“Buxoro viloyati hokimi, 51-Xalkobod okrugidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Botir Komilovich Zaripov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Botir Zaripov 2020 yil 7 noyabrda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 2021 yilning 22 yanvar kuni esa Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala