Jamiyat

IIV internetda bir-birini “talagan” Ahad Qayum va Aziz Rametovni jiddiy ogohlantirdi

Akter Aziz Rametov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Soʻnggi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Ahad Qayum va Aziz Rametov oʻrtasidagi tortishuv koʻplab fuqarolarning eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. IIV internetda bir-biri bilan tortishgan shoir, prodyusser Ahad Qayum va aktyor, rejissyor Aziz Rametovni ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu sanʼat namoyandalari sanʼatkor degan nomga nomunosib xatti-harakatlar bilan, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bu kabi holatlarga chek qoʻyish maqsadida ular bilan ichki ishlar organ xodimlari profilaktik suhbat oʻtkazishdi.
Shoir Ahad Qayumning taʼkidlashicha, Aziz Rametov uning nomini bir joyda olib gapirgani uchun u hissiyotga berilgan va unga nisbatan qattiq gaplarni aytgan.
Bu ikki sanʼat namoyandalari kuzatuvchi sifatida dili ranjigan fuqarolardan ming bor uzr soʻrashdi va bunday holat qaytarilmasligini taʼkidlashdi.
IIV ularni kelgusida yana fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan kamsitish, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali tahqirlash, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish kabi xatti-harakatlarni sodir etsa, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala