Rossiya vaksinasi G‘arbni hayratga soldi - Welt

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishV Moskve nachalas vaksinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let
V Moskve nachalas vaksinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Germaniyalik jurnalist fikriga ko‘ra, Rossiya vaksinasi G‘arbni Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi kabi hayratga solgan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya o‘zining "Sputnik V" vaksinasi bilan G‘arbni hayratga soldi, deb yozadi Welt jurnalisti Jak Shuster o‘z maqolasida.
Jurnalist yozishiga ko‘ra, bu 1957-yildan buyon ikkinchi marotaba sodir bo‘lmoqda. O‘shanda SSSR koinotga Yerning birinsi sun’iy yo‘ldoshini uchirgan edi va bu bilan Yevropu va AQShni qo‘rqitib yuborgan edi.
“O‘shandan buyon Rossiya G‘arbni hech narsa bilan bunchalik hayron qoldirmagan edi. Koronavirusga qarshi birinchi ishlab chiqilgan vaksina ikkinchisi bo‘ldi. Rossiya faqat “Raketali Yuqori Volta*” emas”, - dedi Shuster.
Ushbu maqola Lancet jurnalida "Sputnika V" vaksinasining uchinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangani to‘g‘risidagi maqola e’lon qilinganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
Proizvodstvo kompanii BIOCAD v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
Shuster xuolsasiga ko‘ra, Moskva vaksinaning 3 bosqich sinovlari tugamasdan turib ommaviy foydalanishni boshlaganini ham – to‘g‘ri qaror deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, Lancet jurnalida yozilishiga ko‘ra, "Sputnika V" vaksinasining 3 bosqich sinovlarida 17 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Sinov yakuni vaksina o‘zining yuqori xavfsizlik darajasini hamda 91,6 % samaradorligini namoyish qilgan.
Shuningdek, 3 bosqich sinovlar davomida vaksina 60 yoshdan oshgan fuqarolar uchun ham qo‘llanilishi mumkinligi va koronavirusning og‘ir oqibatlarini oldini olishi tasdiqlangan.
“Raketali Yuqori Vola* - FRG kansleri Gelmut Shmitning SSSR haqida 1982-yilgan aytgan iborasi. Yuqori Volta - Shimoliy Afrikadagi qoloq davlat. Hozir uning nomi Burkina Faso deyiladi. 
Yangiliklar lentasi
0