Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

“Rossiya yoʻllari oʻldiradi”: AQShliklarning oʻz tanklaridan koʻngli qoldi

© Sputnik / Sergey Melkonov / Fotobankka oʻtishTank M1 Abrams
Tank M1 Abrams - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Pentagon bong oʻrmoqda: Amerika armiyasining asosiy zarba beruvchi kuchi boʻlgan, mashhur Abrams tanklari Rossiya bilan qurolli toʻqnashuvga tayyor emas.
Andrey Kots. Soʻnggi modifikatsiya Sharqiy Yevropada harbiy harakatlar uchun mos emasligi aniqlandi. Bu harbiy texnikaning qanday muammosi bor - RIA Novosti materialida.

Juda ogʻir

M1 Abrams 40 yildan ortiq vaqt davomida AQSH armiyasida foydalaniladi. 1980 yildan buyon tanklarning 10 ta mingdan ortigʻi ishlab chiqarilgan, 6 mingga yaqini - xizmatda. "Abramlar" Iroq, Afgʻoniston, Yamanda jang qildi va jangda oʻzlarini yaxshi isbotladi - zirh raqib tankining zarbasiga dosh berishga yetar edi va qurolning kuchi har qanday nishonni ishonchli tarzda yakson qilish uchun yetarli edi.
“Abrams”lar bir necha bor modernizatsiya qilindi.
Vertolet Mi-26 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Analitika
"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolyotlari Kavkaz tomon yoʻl oldi
Zirh asta-sekin mustahkamlanib, tuzilishga yangi yechimlar kiritildi va bortdagi uskunalar takomillashtirildi. Biroq, tank sezilarli darajada ogʻirlashdi. Oʻtgan yozdan beri qoʻshinlarga kirgan M1A2 SEP V3ning soʻnggi modifikatsiyasining jangovar ogʻirligi 68 tonnaga yaqinlashmoqda, bu Ikkinchi Jahon urushidagi Germaniyaning “Tigr-II”  ogʻir tanki bilan taqqoslash mumkin. Pentagon mutaxassislarining fikriga koʻra, bu tankdan foydalanishni jiddiy ravishda murakkablashtiradi.
"Abrams M1A2 SEP V3ni modernizatsiya dasturi shubhali, - deyiladi AQShning tezkor sinov va baholash boshqarmasi hisobotida (Operational test and evaluation). Mashina ogʻirligining sezilarli darajada oshishi uning harakatlanish qobiliyatini pasaytiradi. M1A2 SEP V3 taktik koʻpriklarga bardosh berolmaydi, ularni jangovar taʼmirlash-evakuatsiya mashinalari va hatto ogʻir armiya transport uskunalari koʻtarolmaydi".

Tankning tashqi oʻlcham kattaligi

Amerikalik tahlilchilarning fikriga koʻra, bularning barchasi, “Abrams”lardan Yevropada, ayniqsa sharqiy qanotda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ekspertlar mahalliy koʻpriklar va yoʻllar bunday ogʻir uskunalar uchun moʻljallanmagan, deb taʼkidlashmoqda. Rossiya bilan keng koʻlamli urush boʻlgan taqdirda, tank brigadalarining jangovar guruhlari keng maydonlarni tezda yengib oʻtishlari kerak. Aynan bu zirhli texnika logistikasi Pentagon strateglari uchun asosiy toʻsiq boʻlishi mumkin.
Hozirda "Abrams" vazn boʻyicha faqat Germaniya Leopard 2A7 (68,5 tonna)dan kam. Shunday qilib, Shimoliy Atlantika alyansining ikki eng kuchli harbiy davlati Rossiya bilan urush boʻlgan taqdirda faol hujum harakatlarini amalga oshirishi dargumon.
Otkrыtiye mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2020
Analitika
“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab koʻrmoqda
NATO tarkibida Sharqiy Yevropa davlatlarining transport infratuzilmasini mustahkamlash rejalari 2017 yilda eʼlon qilingandi. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg yoʻllar va koʻpriklarga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqilishi kerak, deb aytdi.
Avvalroq, Gʻarb OAVlari qoʻshimcha kuchlarni joylashtirish bilan bogʻliq muammolar haqida xabar bergan edi. Xususan, Amerikaning ogʻir zirhli mashinalarini Polshaga joʻnatish paytida baʼzi jangovar transport vositalari kattaligi boʻyicha temir yoʻl stantsiyalariga mos emas edi: Polshaning Kovalevo-Pomorsk shahridagi platformaga yaqinlashganda, temir beton konstruktsiyasiga urilgan bir nechta tanklarni ishdan chiqishiga oz qoldi.
Bundan tashqari, AQShdan "Abrams"larni joʻnatishda qiyinchiliklar boʻlishi mumkin. AQShning eng yirik harbiy transport samolyoti C-5 bortida faqat bitta modernizatsiya qilingan tankni oladi. Rossiya texnikasi uchun jangovar vazn talablari ancha yuqori: eng yangi T-90M ogʻirligi atigi 48 tonnani, va istiqbolli T-14 "Armata" esa taxminan 55 tonnani tashkil etadi.

3-modifikatsiya

M1A2 SEP V3 koʻplab yaxshilash va kam koʻstini toʻldirishlar tufayli ogʻirlashdi. Yordamchi kuch qurilmasi endi zirh bilan bekitilgan va orqa qismga joylashgan - bu mashinani yaqin masofadan katta kalibrli pulemyotlardan, shuningdek kichik kalibrli pushkalar zarbasidan himoya qilishni kuchaytirish uchun qilingan.
SEP modifikatsiyalari Iroq urushidan keyin paydo boʻldi. Jangovar harakatlar shuni koʻrsatdiki, shahar hududlarida zirhli mashinalar binolarning yuqori qavatlaridan oʻq otish uchun juda zaif. Yoʻl chetiga qoʻyilgan portlovchi moslamalar juda xavfli.
Tank T-72 komandы voyennoslujaщix Uzbekistana vo vremya sorevnovaniy tankovыx ekipajey v ramkax konkursa Tankovыy biatlon-2020 na poligone Alabino - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2020
Dunyoda
"Uchinchi jahon urushi" uchun eng yaxshi tank maʼlum qilindi
Shuning uchun M1A2 SEP V3da old tomondagi zirhning qalinligi jiddiy ravishda oshirildi va konstruktsiyaning mina portlashiga chidamliligi yaxshilandi. Isroilning Trophy faol himoya kompleksi mashinaga yaqinlashib kelayotgan har qanday past ovozli oʻq-dorilarni urib tushirishga qodir. Biroq vazn juda oshdi.
Oldingi versiyalarda fugas oʻq-dorilari boʻlmagan. Ularning oʻrnini yirik pitrali va koʻp maqsadli snaryadlar egallaydi deb oʻylashgan, ammo amaliyot buni tasdiqlamagan. Natijada “uchlik” yangi M1147 oʻq-dorilarini oldi.

Tarixiy tajriba

Dekabrda AQSH Mudofaa vazirligi Abrams tanklarini M1A2 SEP V3 darajasiga koʻtarish uchun General Dynamics Land Systems bilan 4,62 milliard dollarlik shartnoma tuzishini eʼlon qildi. Ishlar 2028 yilga qadar bajarilishi kerak. Vashington tahlilchilarining ogohlantirishlari generallarni xijolat qilmayapti. Yoki ular ortiqcha vazn muammosini maxsus transport vositalarini yaratish orqali hal qilmoqchi.
Individualnaya gonka vtorыx ekipajey na tankovom biatlone ArMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2020
Video
Oʻzbekiston tankchilari “Tank biatloni”ning ikkinchi poygasida - translyatsiya yakunlandi
Maʼlumki, Rossiya yoʻllari chet el bosqinchilariga bir necha bor xalaqit bergan. 1941 yil kuzida loy, loygarchilik yoʻllar va Sovet yoʻl infratuzilmasining oʻziga xos xususiyatlari vermaxt tanklarining Moskva tomon harakatini jiddiy ravishda sekinlashtirdi. Keyinchalik Gitler qoʻmondonlari barcha oʻz magʻlubiyatlarini yoʻlsizlikka bogʻlashgan.
"Ertalab biz juda tez ketmoqdamiz, keyin yana yoʻl azoblari boshlanadi", - deb eslaydi nemis dala jarrohi Xans Killian "Gʻalabalar soyasida" kitobida.
“Yoʻllar loydan butunlay chaplashib ketdi, bundan tashqari artilleriya hujum chizigʻini yaxshigina oʻqqa tutdi. Snaryad portlagan joyda hosil boʻlgan chuqurliklar, chuqurligi hech kimga nomaʼlum, limmo-lim balchiqqa toʻlgan. Bunday chuqurga tushib ketmaslik uchun doimo ogoh boʻlib, shoshmasdan borish kerak”.
Pentagon qoʻmondonlari avvalgi istilochilarning tajovuzkor urushlarining yomon tajribasi haqida esdan chiqarib qoʻymagani maʼqul. Sovet Ittifoqi endi yoʻq boʻlsa ham, Rossiya avvalgidek dunyoda oldindan aytib boʻlmaydigan iqlimga ega boʻlgan eng katta mamlakatdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala