"Uydagidek" tarifi: YEOII hududida 2025 yilga kelib rouming yoʻq boʻladi — ekspert

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishDevushki fotografiruyutsya na mobilnыy telefon
Devushki fotografiruyutsya na mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Ammo, ekspert Arman Shakkaliyev fikricha, operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, chunki davlatlar iqtisodiyoti oʻrtasidagi farq mavjud
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston uchun "Uydagidek" yagona uyali tarifi YEOII hududida bir necha yil davomida ishlay boshlaydi, deb yozmoqda Sputnik Blijneye zarubejye Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining ravobat masalalari boʻyicha vaziri Arman Shakkaliyevning "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusiga tayangan holda.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Rossiya
Rossiya YEOII migrantlarining identifikatsiya tizimini takomillashtiradi
Ekspert soʻzlariga koʻra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchi-mamlakatlar hududida rouming uchun toʻlov bosqichma-bosqich kamayib boraveradi.
"Aloqa uchun roumingda xizmatlar narxi bora-bora tasdiqlangan grafik asosida kamayib boraveradi", - dedi Shakkaliyev.
Ammo, vazir soʻzlariga koʻra, davlatlar iqtisodiyoti oʻrtasidagi farq tufayli operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, masalan, Rossiyada 146 mln aholi yashasa, Armanistonda — 3 mln. Bundan tashqari, YEOII mamlakatlarida shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha milliy qonunchiliklarda farq bor, shuningdek, mobil aloqada ham texnologik jihatdan farqlar mavjud.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Iqtisod
2025 yilda YEOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
Shu munosabat bilan, Shakkaliyev fikricha, umumiy adolatli yechimni topish muhim ahamiyatga ega.
"Qirgʻiziston fuqarosi Rossiyada ishlab va yashab turib, uydagidek tarifidan muntazam foydalana olmaydi. Biz bir oylik vaqtinchalik cheklov oʻrnatamiz. Agar muddat bundan choʻzilsa - Rossiya sim-kartasini ol, bu mantiqan toʻgʻri boʻladi", - deya tushuntiradi vazir.
Ekspertning aniqlik kiritishicha, YEOII hududida roumingni bekor qilish boʻyicha rejani 2025 yilga kelib hayotga tatbiq etish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala