Hodisalar

Yangiyoʻlda 8 yoshli qizni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan

© Press-slujba NatsgvardiiZaderjan mujchina, kotorыy v Yangiyule popыtalsya poxitit 8-letnyuyu devochku
Zaderjan mujchina, kotorыy v Yangiyule popыtalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Qoʻlga olingan shaxs Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi 38 yoshli erkak. U ilgari qotillik va bosqinchilik moddalari bilan qamoqda oʻtirib chiqqan.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida oʻquvchi qizni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan va qochib ketgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tezkor chora-tadbirlar natijasida 4 fevral kuni soat 10-00 larda Milliy gvardiya Qoʻriqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqoʻrgʻon tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qoʻlga olib, Quyichirchiq tumani IIBga topshirgan.
Devochka vыbirayet portfel  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Hodisalar
Yangiyoʻlda yosh qizaloqni olib ketmoqchi boʻlgan begona shaxs qidirilmoqda
Qoʻlga olingan shaxs Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi 1983 yilda tugʻilgan fuqaro X.T. ekanligi aniqlandi.
U muqaddam Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (Odam oʻgʻirlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yangiyoʻlda yosh qizaloqni olib ketmoqchi boʻlgan begona shaxs qidirilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala