Video

Aripov va Mishustin Olma-Otada nimalar haqida suhbatlashdi - video

Mishustin Rossiya-Oʻzbekiston savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish haqida topshiriiq olganini aytdi.
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Olma-Otada boʻlib oʻtgan YEOII hukumat rahbarlari uchrashuvi doirasida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. 
Ikki davlat hukumat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilayotgan davlat tashrifi, hamda Oʻzbekiston va Rossiya orasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi va boshqa masalalar borasida fikr almashishdi. 
Mixail Mishustin aytishiga koʻra, ikki davlat orasida savdo aylanmasi 2020 yil davomida 17%ga oshib 5,3 milliard dollarni tashkil qilgan. 
Undan tashqari, Mishustin Oʻzbekiston bilan aholini ommaviy vaktsinatsiya qilish borasida hamkorlik qilishdan umidvor ekanini xabar qildi va ushbu yoʻnalishda ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi. 
Oʻz navbatida Abdulla Aripov Mixail Mishustinning shaxsan oʻzi va  Rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda soliq islohotlari oʻtkazish va tamaki va alkogolli mahsulotlarni markirovka qilishda qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. 
Undan tashqari Aripov "Klass" loyihasi doirasida Rossiya tomonidan Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan gumanitar yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu loyiha Respublikada rus tilini oʻrgatish sifatini oshirishga qaratilgan. 
Uchrashuv tafsilotlari bilan videlavhamizda tanishing. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala