Migratsiya

"Yevropada ishlaysan": fuqarolarni chet davlatda quldek ishlatgan shaxslar qoʻlga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Xususan, firibgarlar Kiyevdagi qurilish firmasida oʻz vatandoshlarining pasportlarini olib qoʻyib, 75 kun davomida moddiy jihatdan oʻziga qaram qilgan holda ogʻir mehnat sharoitlarida ishlatib, 17 500 AQSH dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab kelishgan.
TOSHKENT, 5 fev - Sputnik. Toshkent shahrida 14 nafar fuqaroni chet davlatlarga ishga yuborib, ularni turli qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslar faoliyati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Migratsiya
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan fuqaro Q.M. va boshqalarning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va S.S.lar oldindan til biriktirib, Q.M. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Yevropa davlatlariga oyiga 2000-3000 AQSH dollari toʻlanadigan ishga yuborish hamda ishchi vizalarini olib berish evaziga jami 5 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari, S.S. va boshqalar jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning noyabr oyida 14 nafar fuqaroni Ukrainaning Kiyev shahrida oyiga 500 AQSH dollari oylik toʻlanadigan qurilish ishlarida ishlab, keyin Yevropa davlatlariga ishga oʻtkazib berishga koʻndirib, Kiyevdagi qurilish firmasida fuqarolarning pasportini olib qoʻyib, 75 kun davomida moddiy jihatdan oʻziga qaram qilgan holda ogʻir mehnat sharoitlarida ishlatib, 17 500 AQSH dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab kelishgan.
Kak proxodit sobesedovaniye dlya rabotы v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2021
Migratsiya
Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday boʻlib oʻtmoqda
Shundan soʻng ushbu fuqarolarni Belorussiya davlatining Gomel shahriga va Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olib borishib, goʻyoki shu yerdan Yevropaga ishchi vizasini olib berishi haqida takror aldashib, ularning mazkur davlatlarda ishsiz yurib, turli qiyinchiliklarga duchor boʻlishiga sababchi boʻlishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.A., S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala