Dunyoda

Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo boʻldi – olimlar buning sababini aniqlashdi

© Sputnik / Vyacheslav Bobkov / Fotobankka oʻtishLetuchaya mыsh – netopыr-karlik.
Letuchaya mыsh – netopыr-karlik. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit oʻzgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit oʻzgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi. Ularning fikriga koʻra, mazkur hududlarda koʻrshapalaklarning keskin koʻpayishi - ehtimol yangi SARS-CoV-2 koronavirusi paydo boʻlishiga olib kelgan. Tadqiqot natijalari Science of the Total Environment jurnalida chop etildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Global iqlim oʻzgarishi - haroratning koʻtarilishi, quyosh nuri va atmosferada koʻproq karbonat angidrid koʻpayishi - dunyoning koʻplab mintaqalarida oʻsimliklarning tarkibi va hayvonlarning tabiiy yashash joyini oʻzgartirdi.
Oʻtkazilgan keng koʻlamli ekologik tadqiqotlarda oʻtgan 100 yil davomida Xitoyning janubi, Myanma va Laos atrofidagi hududlarda oʻsimlik turida sezilarli oʻzgarishlar aniqlandi. Bu koʻrshapalaklar uchun qulay yashash muhitini yaratdi.
Ptitsefabriki v Novosibirskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Rossiya
Xitoyda Rossiyadan keltirilgan tovuq goʻshtida COVID-19 topildi
Maʼlumki, koʻrshapalaklar populyatsiyasida paydo boʻlgan yangi viruslar soni toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu hayvonlarning mahalliy turlari soniga bogʻliq. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, XX asrning boshidan beri Yunnan shahrida faqat 40 xil turdagi koʻrshapalaklar paydo boʻldi va ular oʻzlari bilan bilan birga yuzga yaqin koronavirusni olib kelishdi.
Ob-havo isib ketishi va shu bilan mos ravishda tropik oʻrmonlarning tez oʻsishi tufayli mintaqa, tadqiqotchilarning fikriga koʻra, yangi zoonoz patogenlar paydo boʻlishi uchun "global qaynoq nuqtaga" aylandi.
“Oʻtgan asrda ob-havoning oʻzgarishi tufayli Xitoyning janubiy Yunnan provintsiyasida koʻplab koʻrshapalak turlari uchun mos atrof-muhitni shakllantirdi. Koʻrshapalak turlarining global tarqalishi qanday oʻzgargani tushunish COVID-19ning kelib chiqish tarixini tiklashda muhim qadam boʻlishi mumkin", - deydi tadqiqotning birinchi muallifi, Zoologiya kafedrasi doktori Robert Beyer (Robert Beyer).
Oʻtgan yuz yil davomida harorat, yogʻingarchilik va bulutlilik ortidan olib borilgan kuzatuv maʼlumotlariga asoslanib, mualliflar 100 yil avvalgi dunyo oʻsimliklari xaritasini tuzdilar. Keyinchalik 1900-yillarning boshlarida har bir turning global tarqalishini aniqlash uchun turli xil koʻrshapalak turlarining oʻsimliklarga boʻlgan talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishdi. Olimlarga bu xaritadan butun dunyoda koʻrshapalaklar turlarining xilma-xilligi qanday oʻzgarganligini koʻrish imkonini berdi.
Gosudarstvennыy sekretar SSHA Mayk Pompeo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Siyosat
Pompeo COVID-19 kelib chiqishini xitoy laboratoriyalariga bogʻladi
"Iqlim yashash joyini oʻzgartirgani sababli koʻplab turlar oʻzlari bilan viruslari olib, boshqa hududlarga koʻchib oʻtishdi. Yangi mahalliy tizimlarda hayvon va viruslarning oʻzaro taʼsiri, koʻplab yangi zararli viruslarning paydo boʻlishiga olib keldi", - deb tushuntirdi Beyer.
Hisob-kitoblarga qaraganda, jahonda bugungi kunda koʻrshapalaklar populyatsiyasida koronavirusning 3000ga yaqin turi mavjud. Koʻrshapalaklarning har bir turi oʻrtacha 2,7 ta koronavirusni tashiydi. Koʻrshapalaklar olib yuradigan koronaviruslarning aksariyati odamlarga yuqmaydi. Ammo maʼlum bir mintaqada koʻrshapalaklar turlarining koʻpayishi natijasida u yerda odamlar uchun xavfli patogen paydo boʻlish ehtimolini oshiradi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, oʻtgan asrda iqlim oʻzgarishi Markaziy Afrika mintaqalari va Markaziy va Janubiy Amerikaning ayrim qismlarida ham koʻrshapalak turlarining koʻpayishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala