Senat prezident saylovlari ko‘chirilishini ma’qulladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ma’qullandi.
Mirzo-Ulugbek Abdusalomov, predsedatel Sentralnoy izbiratelnoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatilmoqda
Mamlakatda so‘nggi yillarda O‘zbekiston prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni ochiq, shaffof va mustaqillik prinsiplari asosida o‘tkazishda xalq hokimiyati va siyosiy plyuralizmning huquqiy asoslarini mustahkamlash va saylov tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash bo‘yicha bir qator amaliy choralar ko‘rildi.
Ammo 2019-yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida yuzaga kelgan bir qator kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xalqaro tashkilotlarning ayrim maqbul tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyatga yetkazish zarurati tug‘ildi.
Ushbu Qonun saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlarni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan bir qator o‘zgartishlar kiritilyapti.  
Amal Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
O‘zbekiston prezidenti saylovlari 24-oktabrga belgilandi - Saidov
Jumladan, milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda. Shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Bundan tashqari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar o‘z tashrifi haqida kamida 3 kun oldin xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining tavsiyalari asosida bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda. Ya’ni:
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Bu yerda hech qanday siyosiy o‘yin yo‘q - ekspert prezident saylovini ko‘chirish haqida
saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda;
saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda;
saylov natijalarini e’lon qilish muddatlarining asossiz cho‘zilishining oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda;
siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning shaffofligini ta’minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Pasport i blank v rukax izbiratelya vo vremya viborov prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Prezident saylovini oktabrda o‘tkazish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish kerak
Kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish taklif qilindi.
Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari asosida saylov qonunchiligini yanada takomillashtiradi, saylov jarayonlarining yanada ochiq va oshkora o‘tishi, O‘zbekistonning jahon mamlakatlari demokratiya indeksidagi ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishiladi. Shuningdek, saylovlardan keyin oliy davlat organlarini o‘z vaqtida shakllantirish va muhim siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun zamin yaratadi. Ushbu hujjat bilan fuqarolarning saylovlarda faol ishtirok etishiga erishiladi hamda kuzatuvchilar va saylovchilar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi va oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik kabi demokratik prinsiplarni o‘zida aks ettiradi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0