Dunyoda

Berlin belarus muxolifatini qoʻllab-quvvatlashga 21 millionga yaqin yevro ajratdi

© Sputnik / Alexey MaishevUchastnitsa nesanktsionirovannogo jenskogo marsha "Podruga za podrugu" v Minske, Belorussiya
Uchastnitsa nesanktsionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske, Belorussiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Germaniya namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlardan quvilganlarga stipendiya berib, mustaqil OAVlarni qoʻllab-quvvatlashni, Belarusda taʼqib ostiga olinayotganlarga Germaniyadan boshpana berishni rejalashtirmoqda
TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Germaniya Belarus muxolifati dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 21 millionga yaqin yevro ajratdi, deb bayonot qildi "Belarus bilan hamjihatlik" onlayn-anjumanida chiqishi vaqtida GFR TIV rahbari Xayko Maas.
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2020
Analitika
YEI mamlakatlari Belarus muxolifatini qoʻllashdan nima manfaat koʻradi - ekspert fikri
Germaniya kantsleri Angela Merkel shanba kuni boʻlib oʻtgan anʼanaviy video nutqida GFR rasmiylari Belarus muxolifatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha harakat rejasini qabul qilganini maʼlum qilgan edi: bular boshpana va stipendiya berish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.
"Shunga ishoning-ki: Germaniya va YEI sizning tomoningizda. Biz Lukashenko va uning rejimiga qarshi sanktsiyalar kiritdik. Va biz 21 million yevro sarflanishi koʻzda tutilgan "Belarus fuqarolik jamiyati" harakatlari dasturini ishlab chiqdik", - dedi vazir belarus muxolifati tarafdorlariga murojaat qilar ekan.
"Biz namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlarda oʻquvchi-talabalar safidan chiqarilganlarga stipendiya taklif etamiz. Mustaqil OAVlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. Qiynoqlar qurbonlariga psixologik yordam koʻrsatamiz va Belarusda taʼqib ostiga olinayotganlarga Germaniyadan boshpana beramiz. Va biz inson huquqlarini buzayotganlarga qarshi dalillarni toʻplash boʻyicha mexanizmni yaratamiz. Kun keladi va ular javobgarlikka tortiladi. Kun keladi, Belarus xalqi demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligi sharoitida yashay oladi", - degan Maas.
Boytsы OMONa na aktsii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2020
Siyosat
Belarus YEI sanktsiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey
Belarusda boʻlib oʻtgan 9 avgustdagi prezident saylovlarida oltinchi marotaba 80,1 % ovoz bilan Aleksandr Lukashenko gʻalaba qozongach, mamlakatda muxolifatning ommaviy norozilik aktsiyalari boshlanib ketgan edi, ular kuch tuzilmalari tomonidan maxsus vositalar va maxsus texnika yordamida bostirilgandi. Huquq-tartibor organlari Belarusdagi noroziliklarning radikallashuvi haqida bayonot berdi. Oppozitsiya fikricha, saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻolib chiqqan.
Yevropa ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSH va Kanada saylovlardan keyin amaldagi hukumat tarafdori boʻlgan belarusning qator rasmiy shaxslari va korxonalariga nisbatan sanktsiyalar kiritishdi. Minsk sanktsiyalarga sanktsiyalar bilan javob qaytarilishini maʼlum qildi.
Belarus hukumati mamlakatdagi norozilik aktsiyalari chet eldan turib muvofiqlashtirilayotgani haqida koʻplab marotaba aytgan edi. Lukashenko Gʻarbni respublikadagi vaziyatga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashganlikda aybladi va tartibsizliklar AQSH tomonidan yoʻnaltirilayotgani, yevropaliklar esa Amerika chalayotgan kuyga raqs tushayotganini qayd etdi. Lukashenko protest aktsiyalari Polsha, Chexiya, Litva va Ukrainadan turib muvofiqlashtirilayotganini qoʻshimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0