Video

Malkina: Oʻzbekiston va YEOII "yoʻl xaritasi"ni iyul oyiga qadar imzolaydi, deb umid qilamiz

Olmaotada Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda birinchi marotaba Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YEOIIda kuzatuvchi respublika vakili sifatida ishtirok etdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi yordamchisi Iya Malkina Almatidan tashkil etilgan Sputnik videokoʻprigi orqali YEOII mamlakatlari va kuzatuvchi-davlatlar hukumat rahbarlari sammiti natijalarini sarhisob qilar ekan, hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga boʻlgan umumiy intilishlarni alohida eʼtirof etib oʻtdi.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Iqtisod
2025 yilda YEOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
Malkinaning aytishicha, Oʻzbekiston tez orada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi oʻz rasmiy vakilini tayinlashi kerak, bu esa umumiy masalalarni hal etishda yanada samarali hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
Undan tashqari, oʻzaro anglashuv memorandumi va yoʻl xaritasi loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatlar davlat rahbari tasdigʻini kutmoqda.
"Bitim tuzilgan, umid qilamizki, u tez orada, 2021 yilning birinchi yarim yilligida imzolanadi", - deb qayd etgan Malkina.
Eslatib oʻtamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari boʻlgan davlatlar - bu Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistondir. Oʻzbekiston, Moldova va Kuba - kuzatuvchi maqomiga ega. Oʻzbekiston barcha ochiq tadbirlarda va munozaralarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa ushbu ittifoqqa keyingi integratsiya toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala