Moskvada migrantlar farzandlari uchun bepul bog‘cha ochiladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishVospitanniki detskogo doma
Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
"Uy yoningda" migrantlarga yordam cherkov jamg‘armasi RF poytaxtida chet elliklar farzandlari uchun bepul bolalar bog‘chasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Moskvada chet el fuqarolari farzandlari uchun bepul bolalar bog‘chasi ochiladi, deyiladi Moskva patriarxati saytida.
Predsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri pravitelstve Moskvi Yuriy Moskovskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Ekspert migrantlar uchun yangi tizim haqida: RF O‘zbekistonning YeOIIga kirishiga hozirlanmoqda
Bolalar bog‘chasi migrantlarga yordam uchun tashkil etilgan "Uy yoningda" fondi tomonidan tashkil etiladi. Bundan tashqari, Moskvada mehnat qilayotgan chet elliklarga muntazam ravishda buyumlar va dori-darmonlar yetkazib berish rejalashtirilmoqda, deb hikoya qiladi fond tashkilotchisi ruhoniy Dionisiy Grishkov. Shuningdek muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlari ham berib boriladi.
Bundan tashqari, fond og‘ir hayotiy sharoitlarga tushib qolgan insonlarga boshpana bilan yordam berish niyatida.
"Uy yoningda" fondi migrantlar bilan ko‘p yillardan beri ishlab keladi. Ilk loyiha - 2018-yilda paydo bo‘lgan - o‘shanda Moskvada chet elliklar farzandlari uchun bepul rus tili maktabi ochilgan edi.
Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Qiyin ahvolda qolgan migrantlarga hokimiyat yordam beradi
Grishkov so‘zlariga ko‘ra, bir nechta bepul ta’lim guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ular bolalarga rus tili maktabiga kirishga tayyorlanishga yordam berib borgan.
"Bora-bora bu faoliyat rivojlanib bordi, guruhlar va bolalar soni ko‘paydi", - dedi u.
Avvaliga mashg‘ulotlar haftasiga bir marta bo‘lib o‘tgan, faqat yakshanba kunlari, so‘ngra ular soni haftasiga uch martagacha ko‘paytirilgan, yo‘nalishlar soni oltitaga yetgan.
"Biz bolalarni o‘qitish bo‘yicha tizimli ishni yo‘lga qo‘ydik. Umuman olganda bu bepul repetitorlik saboqlari deyish mumkin", - deydi ruhoniy.
Rabochie na stroitelstve jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yildi
2019 yilda migrantlarga yordam bo‘yicha ikkinchi loyiha ishga tushirilgan — tibbiyot kabineti. Kabinetda umumiy mutaxassislik shifokori qabul o‘tkazgan va u shahar kasalxonasiga yo‘llanma bergan. Kasalxonada fond mablag‘lari hisobiga u yoki bu tibbiyot xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘lgan.
2020 yilda ushbu loyiha millatlar masalalari bo‘yicha federal agentlik ko‘magi bilan mustahkamlandi. "Uy yoningda" fondi "migrantlar uchun zarur bo‘lgan bir nechta qimmatbaho yuqori texnologiyali operatsiyalar"ni to‘lab bergan va rejali operatsiyalarni muntazam - oyiga uch-to‘rt marta amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0