Madaniyat

Sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy merosiga bagʻishlab xalqaro anjuman oʻtkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Maʼruzachilar orasida Turkiya, Misr, Qozogʻistondan navoiyshunos mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular adib asarlaridagi til oʻzgachaliklari, lugʻat boyligi, uslub masalalari bilan bogʻliq maʼruzalari bilan qatnashdilar. Maʼruzalar oʻzbek, turk, rus va ingliz tillarida tinglandi
TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 5-6 fevral kunlari "Alisher Navoiy merosi dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. 
Alisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Jamiyat
Alisher Navoiy ordeni taʼsis etiladi
Ushbu konferentsiyada qatnashish uchun dunyoning 14 mamlakatidan 130 dan oshiq murojaatlar boʻldi.
Konferentsiya tahrir hayʼati tomonidan konferentsiya mavzusi, axborot xatida keltirilgan yoʻnalishlar doirasida, har tomonlama talablarga javob beradigan maqolalar saralanib, kengashlarga ajratildi.
Konferentsiyaning birinchi ochilish kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi oʻrinbosari, Turksoy tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari; Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston davlatlarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari, Anqara, Marmara, Anqara Xoji Bayram Vali, Alloma Tabotaboiy universitetlari rektorlari; Qozogʻiston Milliy Fanlar akademiyasi R.B.Sulaymonov nomidagi sharqshunoslik instituti direktori; Qozon Federal universiteti, Kobul Davlat universiteti prorektorlari ishtirok etdilar.
Institut uzbekskogo yazыka i literaturы im Alishera Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2019
Minskda Alisher Navoiy haykali ochildi
Tadbirning ikkinchi kuni 6-fevralda konferentsiya besh kengashida oʻz ishini davom ettirdi. Konferentsiya pandemiya sharoitida oʻtkazilayotgani uchun asosiy ishtirokchilar ZOOM orqali ishtirok etdilar.
Konferentsiyada Afgʻoniston, Misr, Tojikiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va Oʻzbekistonning turli oliygohlaridan professor va tadqiqotchilar oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida Navoiy ijodining xorijda va Oʻzbekistonda oʻrganilayotgan turli jihatlari koʻrib chiqildi. Xususan, Misrda Navoiyning qarashlari, Xitoyning Shinjon Avtonom Respublikasida bosilib chiqqan Navoiy boʻyicha asarlari, Turkiyada Navoiyning Usmonli adabiyotga qoʻshgan hissasi, Tojikistonda Navoiy sheʼriy janrlari, Xindistonda Navoiy asarlarining tadqiq etilishi shular jumlasidandir.
Maʼruzachilar orasida Turkiya, Misr, Qozogʻistondan navoiyshunos mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular adib asarlaridagi til oʻzgachaliklari, lugʻat boyligi, uslub masalalari bilan bogʻliq maʼruzalari bilan qatnashdilar. Maʼruzalar oʻzbek, turk rus va ingliz tillari tinglandi.
Pamyatnik Alisheru Navai v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2019
Madaniyat
Belarusda Alisher Navoiy byusti ochiladi
Maʼruzachilar Navoiy asarlarining manbalari, matnlari ustida tadqiqot olib borish, ularni ilmiy muomalaga kiritish boʻyicha maʼruzalar tinglandi. Jumladan, professor R.Bahodirov Angliyada saqlanayotgan Navoiy qalamiga mansub qoʻlyozmalar toʻgʻrisida maʼruza oʻqib berdi. Ushbu qoʻlyozmalar elektron nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish, ularni ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari orqali ilmiy nashrga tayyorlash boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Professor A.Madraimov esa qoʻlyozmalarga ishlangan miniatyuralar va ularning oʻz davri ijtimoiy va madaniy muhitini oʻrganishdagi ahamiyati toʻgʻrisida maʼruza qildilar. Falsafa doktori (PhD) S.Boltaboyev esa qoʻlyozma manbalarning ilmiy transkriptsiyaga oʻgirishning muammoli oʻrinlari va yechimlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Dotsent A.Alimbekov Navoiyning turklarga taʼsiri masalasi toʻgʻrisida “Bir turk dostoni”ni gapirib oʻtdi. Tadqiqotchi O.Madaliyeva esa Navoiy devonlari va ularning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni aytib oʻtdilar. Tinglangan barcha maʼruzalar bir-biridan qiziq boʻlib, savol-javobda bu fikrlar oʻz tasdigʻini topdi.
V Dushanbe otkrыtы pamyatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2018
Madaniyat
Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi
Kengash majlisida TDSHU professori M.S.Imomnazarovning "Maʼnaviy kamolot ehtiyoji yoxud insoniyat maʼnaviy takomilida Alisher Navoiy nazariy qarashlarining ahamiyati", OʻzR FA Mexanika instituti dotsenti M.Safarboyevning "Vahdat ul-vujud" Navoiy va Ogahiy misolida", TDSHU dotsenti R.H.Sharipovning "Badiiy tafakkur sir-sinoatlari" mavzusidagi maʼruzalari ishtirokchilarda alohida qiziqish uygʻotdi.
Shoʻʼba majlisi muhokamalarida qatnashgan f.f.d. prof. B.Karimov Alisher Navoiy asarlarini anglashda oʻrta turkcha muhim ahamiyat kasb etishi, turkiy tillarda hozirgi kunda 300 mln.ga yaqin kishi soʻzlashayotgani, turkiy tilning arab tili singari dunyo tiliga aylanishi uchun oʻrta turkchaga ehtiyoj borligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala