Migratsiya

Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida migratsiya boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPosetiteli na smotrovoy ploщadke Reyxstaga
Posetiteli na smotrovoy ploщadke Reyxstaga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
2021 yilda 500 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi ishlar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Germaniyadagi elchixonasi va Germaniyaning "GfM Gruppe" kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Migratsiya
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Videoaloqa shaklida oʻtkazilgan muloqotda Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston fuqarolarini tibbiyot, qurilish, yoʻlsozlik, informatsion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metalkonstruktsiyalari va boshqa texnik sohalarida Germaniyada Federativ Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi boʻyicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ushbu kelishuvga binoan, 2021 yilda 500 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Germaniyada mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda "GfM Gruppe" kompaniyasining oʻquv muassasasini ochish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala