Dunyoda

AQShda Tramp bayonoti va Kapitoliyning ishgʻol qilinishi necha pulga tushgani hisoblab chiqildi

© REUTERS / Stephanie Keith Uchastniki aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone
Uchastniki aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning saylovlardagi soxtatalashtirish borasidagi bayonoti, Kapitoliy hududidagi tartibsizliklar qancha zarar keltirgani hisoblab chiqildi.
TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning saylovlardagi soxtatalashtirish borasidagi bayonoti, tegishli daʼvolarni koʻrib chiqish hamda 6 yanvar kuni Kapitoliy hududidagi tartibsizliklar umumiy hisobda amerikalik soliq toʻlovchilarga 519 million dollarga tushdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi federal va mahalliy hukumatning xarajat qaydlariga tayangan holda xabar qildi.
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
Tramp amerikaliklar bilan xayrlashdi
“Xarajatlar har kuni oʻsgan, chunki barcha darajadagi davlat tuzilmalari Tramp va uning tarafdorlarining xatti-harakatlariga munosabat bildirish uchun byudjet mablagʻlaridan foydalanishga majbur boʻlishgan,  - deya yozadi nashr. – Xarajatlar oʻnlab daʼvolarga oid sud bojlari, tahdidga javoban saylov komissiyasi aʼzolarini qoʻriqlashni kuchaytirish, 6 yanvar kuni Kapitoliy oldidagi isyondan soʻng qayta tiklash ishlarini oʻz ichiga olgan”.
Xususan, Vashingtonda mart oxiriga qadar yangi tartibsizliklar xavfi sabab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini joylashtirishga 480 million dollar sarflangan. 28 million dollar atrofida 20 yanvar kuni prezident inauguratsiyasi arafasida xavfsizlikni taʼminlash tadbirlariga yoʻnaltirilgan. Bungacha 2,2 million dollar sud muhokamalari va saylov komissiyasi xodimlarining qoʻriqlashga ketgan.
Nashrning taxmin qilishicha, bu voqealar ortidan yetkazilgan zarar yuqorida keltirilgandan ziyod ham boʻlishi mumkin.
Oltinchi yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari, oʻsha paytdagi amaldagi prezident, Vashingtondagi mitingdan keyin Kapitoliyga hujum uyushtirdi. Bu saylov yakunlarini muhokama qilayotgan kongressning ishi bir necha soatga toʻxtab qolishiga olib keldi. Tartibsizliklar natijasida bir namoyishchi va politsiya xodimi halok boʻldi. Yana uch kishi zoʻravonlik bilan bogʻliq boʻlmagan sabab tufayli vafot etdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini namoyishchilarni kongress binosidan haydab chiqargandan keyin Jo Baydenning saylovdagi gʻalabasi tasdiqlandi. Koʻp oʻtmay kongress vakillari isyonga davʼat etish ayblovi bilan Trampga impichment eʼlon qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala