Hodisalar

“Ozodlik evaziga 12 ming dollar”: Andijonda IIB mansabdor xodimlari pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Andijon viloyati IIBning katta tergovchisi va hibsxona boshligʻi fuqaroga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida yordam berishga vaʼda qilishgan.
TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshligʻi 12 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda "Oʻzbekiston 24" telekanalida xabar qilindi.