Bahor yaqin: O‘zbekistonda yomg‘irli va issiq ob-havo kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVetvi derevyev na Marsovom pole v Sankt-Peterburge.
Vetvi derevyev na Marsovom pole v Sankt-Peterburge. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
Hafta davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 22 daraja iliqqacha isiydi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lum berdi.
8 fevral kuni beqaror ob-havo saqlanib turadi, O‘zbekistonning ko‘p qismida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliqni, eng janubda 17-20 daraja iliqqacha, respublikaning shimolida 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
9 fevral kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida asosan kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat o‘zgarmaydi.
Haftaning o‘rtasida Qozog‘iston hududlaridan yana nam havo massalari o‘tadi va u O‘zbekistonning shimoliy qismiga kiradi.
10 fevral kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 11-fevral kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Termometr ustuni kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqacha, janubda 20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
12 fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boshiga ko‘proq xosdir. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 22 daraja  iliqqacha isiydi.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0