Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Hodisalar

Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qoʻlga olindi

CC0 / Unsplash / Maru Lombardo Siluet jenщinы
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Buxoro viloyatida ikki nafar ayolga bila turib OIV virusini yuqtirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Buxoro viloyatida ikki ayolga bila turib OIV virusini yuqtirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi, deb xabar qildi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Rekonstruktsii vodoprovoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Hodisalar
Shofirkonda ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruktsiyasi bahonasida millionlar oʻmarildi
Xabarda aytilishicha, Buxoro shahar Piridastgir koʻchasida yashovchi, 1994 yilda tugʻilgan B.N. ismli shaxs (ism sharifi oʻzgartirilgan) 2016 yilning sentyabr oyida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infektsiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olinib, OIV infektsiyasini yuqtirganlik uchun Oʻzbekiston JKning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilib, unga bir qator cheklovlar belgilab berilgan boʻlishiga qarasdan, 2018 yil noyabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, 1979 yilda tugʻilgan P.P. (ism sharifi oʻzgartirilgan) bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib kelgan.
Bundan tashqari, 2020 yil 08 oktyabrdan boshlab K.K. (ism sharifi oʻzgartirilgan) ismli ayol bilan shaʼriy nikoh asosida birgalikda yashab, u bilan ham hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib kelib, ushbu ikkala ayol P.P va K.K.larga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan B.N.ismli shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi  qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala