Dunyoda

YEOII Gʻarb sanktsiyalariga birgalikda javob beradi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii, Kыrgыzstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES)
Flagi Rossii, Kыrgыzstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Gʻarb YEOIIning biror aʼzosiga nisbatan sanktsiya kiritsa, tashkilotning barcha aʼzolari unga birgalikda javob qaytaradi - Belarus bosh vaziri.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Gʻarb YEOII aʼzolaridan birortasiga nisbatan sanktsiya qabul qilgan taqdirda, unga qarshi javob choralar ishlab chiqish boʻyicha topshiriq oldi, deb deb xabar qildi Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko.
Belarus hukumati rahbari oʻtgan juma kuni Olma-Otada tashkil qilingan YEOII hukumatlararo kengashi majlisida YEOII davlatlari Gʻarb sanktsiyalaridan Ittifoq doirasida oʻzini himoya qilishi kerak, xususan umumiy javob choralaridan foydalanish kerak, degan bayonot bilan chiqdi.
“Dastlab birgalikda Gʻarb sanktsiyalariga qarshi javob mezonlari va mexanizmlar ishlab chiqish kerak. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga ana shunday topshiriq berilgan. Hamkorlarimiz bizni eshitayotgani va tushunayotgani – bizni xursand qilmoqda. Agar biz Ittifoq boʻlsak, yoki blok boʻlsak uning biror aʼzosiga oʻtkazilgan bosim butun tashkilotga oʻtkazilgan bosimdek qabul qilinishi kerak”, - dedi Golovchenko "Belarus 1" telekanaliga.
Siyosatchi YEOII, albatta, KXSHT kabi harbiy ittifoq emasligini alohida qayd etgan holda iqtisod ham soʻnggi vaqtlarga “qaynoq jang maydoniga aylanayotganini” qayd etdi.
Belarus bosh vazirining soʻzlariga koʻra, sanktsiyalar – shunchaki toʻqmoqqa aylangan, undan istalgan vaqtda “tartibsiz” va “hech qanday dalil isbotsiz” foydalanilmoqda.
Malkina: nadeyemsya, Uzbekistan i YEAES podpishut dorojnuyu kartu do iyulya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Video
Malkina: Oʻzbekiston va YEOII "yoʻl xaritasi"ni iyul oyiga qadar imzolaydi, deb umid qilamiz
“Shu sababli, YEOII doirasida Ittifoqning biror aʼzosiga nisbatan ana shunday nodoʻst hatti-harakatlarga javob mexanizmlari ishlab chiqiladi”, - dedi Golovchenko.
Belarus bosh vazirining soʻzlariga koʻra, Olma-Otada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Belarus tomon ana shunday fikr bildirgan va ushbu taklif qaynoq muhokamalardan keyin tasdiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning yozida Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtgan edi. Shundan soʻng saylovlarni qalbakilashtirishda ayblab, YEI, AQSH va Kanada bir necha Belarus rasmiylariga qarshi  bir qator sanktsilar kiritgan edi. Bunga javoban Belarus Yevropa amaldorlarining bir nechasiga mamlakatga kirishni taʼqiqlab qoʻydi.Belarus prezidenti gʻarb sanktsiyalarini “bosqinchilik” deb atagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala