Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Eron Rossiya TIVga norozilik notasi yubordi

© AFP 2018 / CARL COURTIranskoye posolstvo v Londone
Iranskoye posolstvo v Londone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Fors koʻrfazi Yevropada, odatda, “Koʻrfaz” deb ataladi, lekin Eron ushbu hududning faqat “Fors koʻrfazi” degan nomini tan oladi.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Eron Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Fors koʻrfazining nomi notoʻgʻri ishlatilishi yuzasidan norozilik notasini yubordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  
Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzade maʼlum qilishiga koʻra, norozilik notasi yuborilishiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining arab tilidagi olib boriladigan Twitteri tarmogʻida eʼlon qilingan postda Fors koʻrfazining “Arab koʻrfazi” deb atalishi sabab boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Fors koʻrfazi arab davlatlari va Yevropada, odatda, “Koʻrfaz” deb ataladi, lekin Eron ushbu hududning faqat “Fors koʻrfazi” degan nomini tan oladi. Soʻnggi vaqtlarda ayrim arab manbaalarida “Arab koʻrfazi” nomi ham uchrab turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala