Google Chrome ayrim kompyuterlarda ishlashi to‘xtatiladi

© AFP 2023 / PATRICIA DE MELO MOREIRALogotip "Google"
Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
Celeron M protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlar Windows 10 dasturigacha yangilash mumkin bo‘lsada, ularga Chrome brauzerni o‘rnatishning iloji bo‘lmaydi. 
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Google Chrome brauzeri 2005-yildan oldin ishlab chiqarilgan kompyuter va noutbuklarda ishlashi to‘xtatiladi, xabar qildi Chromium ishlab chiqarish jamoasi.  
Chrome 89 nomli dastur yangilanishida eski x86 arxitekturasida ishlaydigan protsessorlarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilmagan. Xususan ularda Supplemental Streaming SIMD Extensions 3 (SSE3) turdagi komandalarni qabul qila olmaydi. 
Bundan xulosa shuki, Celeron M protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlar Windows 10 dasturigacha yangilash mumkin bo‘lsada, ularga Chrome brauzerni o‘rnatishning iloji bo‘lmaydi. 
Chrome 87 va undan eski versiyada ishlaydigan brauzer foydalanuvchilari esa brauzernining texnik qo‘llab-quvvatlash muddati tugayotgani haqida ma’lumot olishadi. 
IT giganti bo‘lgan Google kompaniyasining ushbu ko‘pchillikka ma’qul bo‘lmaga chorasi faqatgina Windows platformasiga taaluqli bo‘ladi, chunki ChromeOS, Android va Mac allaqachon SSE3 bilash ishlaydigan protsessorlar talab qilmoqda. 
Yangiliklar lentasi
0