Rossiya

Putin COVID-19ga qarshi vaktsina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Vladimir Putin U Rossiya oʻzi yaratgan uchta vaktsinaga ega yagona davlat ekanini qayd etdi va bu yirik ilmiy yutuq.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Rossiya dunyoda koronavirusga qarshi vaktsinalar yaratishda yetakchi oʻrinlarni egallaydi, bu yirik ilmiy yutuq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
Vaktsina ot COVID-19 Gam Kovid Vak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Dunyoda
“Sputnik V” vaktsinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
“Olimlarimiz sharofati bilan Rossiya dunyoda koronavirusga qarshi vaktsina yaratishda yetakchi pogʻonalarni egallaydi”, - dedi Putin Ilm-fan va taʼlim kengashi yigʻilishida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U Rossiya oʻzi yaratgan uchta vaktsinaga ega yagona davlat ekanini qayd etdi.
“Hech qanday shubhasiz, bu yirik ilmiy yutuq”, - deya qoʻshimcha qildi Rossiya yetakchisi.
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaktsinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaktsinasi ham roʻyxatga olinishi kutilmoqda.
Obroʻli va yetakchi tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala