Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar firibgarlardan ogohlantirildi

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v Rossii
Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga qaytish istagidan bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalarning chegarani kesib o‘tishda yordam berish uchun Rossiya OTMlari nomidan soxta taklif xatlari tayyorlaydigan shubhali shaxslarga murojaat qilish holatlari uchramoqda.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan mamlakat fuqarolari va ularning ota-onalariga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Ta’lim va ilm-fan vazirining buyrug‘i bilan 2021-yil 8-fevraldan boshlab ushbu vazirlik huzuridagi oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi o‘qish jarayoni boshlash ko‘zda tutilgan.
Ommaviy axborot vositalarida Rossiya tomonining an’anaviy o‘qish shaklini boshlash to‘g‘risida xabarlar tarqalgandan so‘ng Rossiyaga qaytish istagidan bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalarning turli soxta hujjatlar, shu jumladan, chegarani kesib o‘tishda yordam berish uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlari nomidan soxta taklif xatlari tayyorlashga ixtisoslashgan shubhali shaxslarga murojaat qilish holatlari uchramoqda.
Studenti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda O‘zbekistondan Rossiyaga charter reysiga talabalar ro‘yxati tuzilayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.
Elchixona bu Rossiya Hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-r-sonli “Rossiya Federatsiyasiga xorijiy fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar kirishini vaqtincha cheklash hamda vizalar va takliflarni rasmiylashtirishni vaqtincha to‘xtatish haqida”gi qarori talablariga zid ekanini eslatgan.
“Hozirgi vaqtda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmaydi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya xalqaro aeroportlariga charter reyslari bilan kelgan O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tishda va tasdiqlovchi hujjatlar yuzasidan muammolarga duch kelishlari mumkin.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shubhali shaxslarning ta’siriga tushib qolmaslik va aldanib qolmaslik, Rossiya hududiga kirishda rad javobi olmaslik uchun hamda charter reyslari tashkilotchilari va aviatashuvchilar bila sud jarayonlarining oldini olish maqsadida, oliy o‘quv yurtlari xalqaro bo‘limlari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib turish va chegaralar ochilgunga qadar masofaviy ta’limni davom ettirish so‘raladi”, - deya murojaat qilgan elchixona.
Xabarda elchixonaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ta’limni davom ettirish uchun Rossiyaga kelish imkoniyati haqidagi axborotlar tezkor ravishda joylashtirib borilishi qo‘shimcha qilingan.
Sayt: www.uzembassy.ru
“Facebook”dagi sahifa: facebook.com/UzEmbassy.ru
“Instagram”dagi sahifa: instagram.com/uzembassyrussia
Yangiliklar lentasi
0