Shofirkonda ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruksiyasi bahonasida millionlar o‘marildi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishRekonstruksii vodoprovoda
Rekonstruksii vodoprovoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
MChJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 254,4 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Samarqand viloyatida maktab va suv chiqarish qurilishi bahonasida 872 mln so‘m o‘marildi
Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovi o‘tkazilgan. Unda “E.” MChJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 254,4 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishgani aniqlangan. Shuningdek, suv ta’minoti va oqava suv obyektlari qurilishi bo‘yicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln so‘m budjet mablag‘i o‘tkazib berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0