Jamiyat

Soʻx tumanida aerodrom qurilishi boshlandi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Loyiha qiymati 12 mlrd soʻmdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Vizit Abdullы Aripova v Soxskiy rayon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2020
Jamiyat
Soʻxda qurilayotgan kichik aeroport haqida maʼlumot berildi
Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan jʼmi 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi.
Loyiha qiymati 12 mlrd soʻmdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlarga Oʻzbekistondagi “Humo Air” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllarining” “Uzbekistan Helicopters” MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish koʻzda tutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi. Fargʻona viloyati hokimligiga bir oy muddatda tumanda samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala