Jamiyat

Bogʻchalarda aqlli Albert va Genibot robotlari paydo boʻladi

© MDO UzbekistanaRobotы Albert i Genibot
Robotы Albert i Genibot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Albert va Genibot robotlari 6 yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida oʻyinchoqni harakatlanishga, koʻzini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Janubiy Koreya Oʻzbekiston bogʻchalariga 275 ta robot va 350 ta oʻquv qoʻllanmasini sovgʻa qildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Robototexnika va dasturlash koʻnikmalarini oʻrgatishga moʻljallangan Albert va Genibot aqlli robotlarini topshirish marosimida MTV, Koreya robot sanoatini rivojlantirish instituti (KIRIA), Koreya oʻqituvchilar uyushmasi, shuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robot va SK Telecom kompaniyalarining vakillari onlayn tarzda ishtirok etdi.
“Biz bolalar bogʻchalarida dasturlash koʻnikmalari haqida gapirganda, kod yozishni nazarda tutmaymiz. Gap zamonaviy real hayot sharoitlarida muvaffaqiyat garovi boʻlmish algoritmik tafakkurni rivojlantirish haqida ketmoqda. Oʻyin uslubidagi robotlar ijodkorlik, mantiq, namunalarni tanib olish va optimal yechimlarni topish qobiliyatlarini rivojlantiradi”, - dedi MTV huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi direktori Oyatillo Rahmatillayev.
Albert va Genibot robotlari 6 yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida oʻyinchoqni harakatlanishga, koʻzini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi. Shu tarzda u kod bloklarining qanday ishlashini tushunib oladi. Yoshi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, oʻz buyruqlari va algoritmlarini yaratishlari mumkin.
Detskiy sad Aklvoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2020
Jamiyat
Oʻzbekistondagi bogʻchalarda xitoy tilini oʻrganish joriy qilinishi mumkin
Taʼkidlanishicha, robotlarga asoslangan oʻqitish dasturi Koreya Respublikasida yaxshi natijalar koʻrsatgan. U yerda hukumat koʻmagida butun mamlakat boʻylab mingdan ziyod oʻquvchilarni qamrab olgan 140 ta sinf ochildi. Frantsiya, Ispaniya, Kosta-Rika va Perudagi maktablar va bolalar bogʻchalarida ham shu kabi pilot dasturlari ishga tushirilgan.
Albert va Genibot robotlari butun Oʻzbekiston boʻylab 53 ta MTTga taqsimlanadi. Joylarda ustozlarni oʻqitish va pilot loyihasi natijalarini monitoring qilish ishlari MTV huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi tomonidan olib boriladi.
Agar pilot loyihasi muvaffaqiyatli yakunlansa, Oʻzbekiston MTV yanada koʻp bolalar bogʻchalarini aqlli robotlar bilan taʼminlaydi, shuningdek, ularning ish funktsiyalarini imkoniyatlari cheklangan bolalarga moʻljallangan dastur bilan toʻldiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala