Hodisalar

Gurlanda yer maydonini 50 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Gurlan tumani boʻlimi xodimlari zaxiradagi ekin yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarni ushladi.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida zaxiradagi ekin yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Hodisalar
“Milliy gvardiyaga ishga kiritib qoʻyaman”: Qarshida firibgar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Gurlan tumani boʻlimlari tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda E.A.  boshqa bir fuqaroga ukasining nomiga elektron-onlayn auktsionida yutib olingan 5 sotix yer maydoniga qoʻshib, tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 19 sotix ekin yer maydonini 50 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan.
Keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 ming dollarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala