Qozog‘iston O‘zbekistonga qancha elektr energiyasini yetkazib berdi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishEnergosberegayushie lampochki
Energosberegayushie lampochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
"Samruk-Energo" kompaniyasi Qozog‘istondan O‘zbekistonga qancha elektr energiya eksport qilgani ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘tgan yilda Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘izistonga 859 million kilovatt/soat elektr energiyasini eksport qildi.
"Samruk-Energo" AJni rivojlantirish va savda bo‘yicha direktor Marat Uldanovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston faqat ichki ehtiyojni to‘liq qondirib, ortib qolgan elektr energiyasini qo‘shni respublikalariga eksport qiladi.
"Jami 859 million kilovatt/soat eksport qildik. Ularning 52 millioni – Qirg‘izistonga, 807 millioni - O‘zbekistonga. O‘tgan yilda eksportdan olingan daromad 21,4 million dollarni tashkil etdi", - dedi Marat Uldanov.
2019 yilda Qozog‘iston milliar kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasini eksport qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0