Rossiya

Tahlilchi dunyo qachon dollardan voz kechishini taxmin qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы SSHA, arxivnoye foto
Denejnыe kupyurы SSHA, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Klopenko Group bosh tahlilchisi Dmitriy Ivanov dunyo hamjamiyati AQSH valyutasidan qachon voz kechishini taxmin qildi.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Vaqti-vaqti bilan ekspertlar hamjamiyati dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan dollardan voz kechish masalasiga qaytadi. Ammo amalda bu yaqin kelajakda imkonsiz – buning uchun oʻnlab yillar kerak boʻladi, dedi Klopenko Group ijrochi direktori Dmitriy Ivanov. RIA Novosti xabariga asosan.
Ekspert global moliya sanoati dollarga bogʻliqligi, barcha savdo operatsiyalarining 80 foizi AQSH valyutasida amalga oshirilishini eslatdi.
"Dollardan voz kechish - bu uning oʻrnini bosuvchi vositani topish, deganidir, ammo hozircha bunday valyuta yoʻq, na yevro, na Xitoy yuani, na boshqa “fiat valyutalari” dollarni almashtirishga qodir emas", - deb taʼkidladi Ivanov.
Mutaxassisning fikriga koʻra, dollardan ajralish jarayoni oʻnlab yillar davom etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala