Hodisalar

Toshkentda mashina kapotida sayr qilgan “IIO xodimi”ga chora koʻrildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishVAZ 2106
VAZ 2106 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
24 yoshli yigit ichki ishlar organlari xodimining formasini kiygan va avtotransport kapotida yoʻl boʻylab harakatlangan. Uning sherigi ham boʻlgan.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ichki ishlar organlari xodimining formasini kiygan erkak avtotransport kapotida boʻla turib yoʻl boʻylab harakatlangani tasvirlangan video yuzasidan munobat bildirdi.
Video 6 fevral kuni internet tarmogʻida tarqalgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, 2021 yil 18 yanvar kuni 24 yoshli Abdurahmon Z. tanishi 24 yoshli Alim K. bilan birga videlavha suratga olish niyatida doʻkonlardan birida ichki ishlar organi xodimining formasini ijaraga olishgan. Shuningdek bozordan yoʻl-patrul xizmati xodimining jezliga oʻxshash jezl ham xarid qilishgan.
Mazkur shaxslar tanishi 34 yoshli Otabek K.dan «VAZ-2106» avtomobilni vaqtinchalik foydalanish niyatida olishgan, ammo uni boshqarishga huquqlari boʻlmagan.  
© Press-slujba GUVD TashkentaSkrinshotы s video, na kotorom mujchina v forme sotrudnika OVD yedet na kapote avtomobilya
Skrinshotы s video, na kotorom mujchina v forme sotrudnika OVD yedet na kapote avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Shundan soʻng Yunusobod tumani Turgʻunboyev koʻchasi “Iftixor” mahallasida Alim K. ichki ishlar organi xodimining formasini kiygan holda qoʻlida jezl bilan avtomobil kapotiga yotgan.
“Shu tarzda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining obroʻ va shaʼnlariga zarar yetkazuvchi videolavha suratga tushirilib, internet tarmogʻida tarqatilgan”, - deyilgan xabarda.
Ikkala shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining mayda bezorilik va vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Hodisalar
“Layk” vasvasasi: Sirdaryoda IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi
Bundan tashqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini ishonchnomasiz boshqargani uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylangan.
Toshkent viloyatida xizmat avtomobillari oldida raqs tushgan “erkatoylarga” chora koʻrildi
Yunusobod tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.larga nisbatan besh sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala