Jamiyat

Tojikistonda qor koʻchishi xavfi haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda togʻlarda koʻchki boʻlishi va daryolarda suv sathining koʻtarilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Tojikistonda yaqin kunlarda togʻlarda koʻchki boʻlishi va daryolarda suv sathining koʻtarilishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi ogohlantirdi.
"Gidrometeorologiya Agentligining xabar berishicha, yaqin kunlarda qor erishi sababli, Hisor tizmasining janubiy yon bagʻirlaridan oqib oʻtadigan daryolarda, shuningdek Xingov daryosida suv sathi koʻtarilishi kutilmoqda", - deyilgan idora bayonotida.
Togʻli hududlarda, Hisor tizmasining janubiy yon bagʻirlarida va TBAV gʻarbiy qismida qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi.
Qutqaruvchilar togʻli va togʻ oldi hududlarida chorva mollarini boqmaslik, bolalarni yolgʻiz qoldirmaslik, baliq ovlashni vaqtincha toʻxtatish, shuningdek, ariq, kanal va sel quvurlarini chiqindilardan tozalashni soʻramoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala