Zaxarova: Yevroittifoqning qo‘lidan Rossiyani “omma oldida savalash” kelmadi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning Moskvaga tashrifidan Rossiyani omma oldida savalash ko‘zlanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning Moskvaga tashrifidan Rossiyani omma oldida savalashni rejalashtirgan edi, biroq bunga erisholmadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Sizga g‘arbdagi hamkorlarimiz haqidagi sirni ochaman: savalash qo‘llaridan kelmaganda, jazavalari tutadi. Mening o‘ylashicha, ular puxtalik bilan rejalashtirgan bu omma oldidagi savalashni o‘tkazish (Borrelning – tahr.) vazifa edi. Ya’ni bunaqa kaskad: ham mitinglar haqida gaplashish, ham jurnalistlar haqida gaplashish, ham Navalniyni asosiy mavzu qilish”, - dedi Zaxarova “Vesti FM” efirida.
Uning fikriga ko‘ra, G‘arb hamkorlarining rejalari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan, chunki Rossiya tomoni real masalalarni muhokama qilishni taklif qilgan: muammolardan tortib rivojlanish istiqbollarigacha.
Rossiya uch nafar yevropa diplomatlarini aksiyalarda ishtiroki uchun davlatdan chiqarib yubordi
YeI tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha vakili Jozep Borrel 4-6 fevral kunlari Moskvada rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Tashrifdan so‘ng 22-fevral kuni rejalashtirilayotgan Yevropa TIV rahbarlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
Kuni kecha Rossiya TIV Borellning Bruselga qaytishi bilan Rossiya haqidagi tanqidiy fikrlari uning Moskvadagi chiqishlaridan keskin farq qilishini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0