Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda yangi 280 ming gektarlik qoʻriqxona tashkil etildi

© GoskomekologiiNovыy zapovednik v Karakalpakstane "Sudochye-Akpetki”
Novыy zapovednik v Karakalpakstane Sudochye-Akpetki” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Yangi qoʻriqxona qirgʻoq landshaftlari va ular atrofida yashovchi noyob hayvonlarni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.
TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida yangi "Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Davlat ekologiya qoʻmitasi.
© GoskomekologiiNovыy zapovednik v Karakalpakstane "Sudochye-Akpetki”
Novыy zapovednik v Karakalpakstane Sudochye-Akpetki” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Ushbu qoʻriqxona Prezident qaroriga asosan tashkil qilingan boʻlib, uning umumiy maydoni 280 507 gektarni tashkil qiladi.
Qoʻriqxonning asosiy maqsadi - qirgʻoq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta koʻpaytirishdir, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, prezident qarorida Davlat ekologiya qoʻmitasiga 2021 yil yakuniga qadar Sudochye koʻlini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konventsiyasi) ega boʻlgan suvli-botqoqli hududlar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala