Qoraqalpog‘istonda yangi 280 ming gektarlik qo‘riqxona tashkil etildi

© GoskomekologiiNoviy zapovednik v Karakalpakstane "Sudochye-Akpetki”
Noviy zapovednik v Karakalpakstane Sudochye-Akpetki” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
Yangi qo‘riqxona qirg‘oq landshaftlari va ular atrofida yashovchi noyob hayvonlarni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yangi "Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Davlat ekologiya qo‘mitasi.
© GoskomekologiiNoviy zapovednik v Karakalpakstane "Sudochye-Akpetki”
Noviy zapovednik v Karakalpakstane Sudochye-Akpetki” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Ushbu qo‘riqxona Prezident qaroriga asosan tashkil qilingan bo‘lib, uning umumiy maydoni 280 507 gektarni tashkil qiladi.
Qo‘riqxonning asosiy maqsadi - qirg‘oq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta ko‘paytirishdir, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, prezident qarorida Davlat ekologiya qo‘mitasiga 2021-yil yakuniga qadar Sudochye ko‘lini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0