Kattaqo‘rg‘onda yana bir “IIO xodimi” javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMigalka na krishe avtomobilya politsii
Migalka na krishe avtomobilya politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Obuna bo‘lish
23 yoshli yigit shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib sayr qilib yurgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish so‘ralgan. U esa xizmat guvohnomasi yo‘qligini aytgan.
© Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiKattaqo‘rg‘onda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi
Kattaqo‘rg‘onda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Ushbu shaxs Narpay tumani Chaqar qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli Sh.M. ekanligi, egnidagi kiyimni taxminan 2 oy oldin 240 ming so‘mga tiktirgani oydinlashgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
“Layk” vasvasasi: Sirdaryoda IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi
Uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.
Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar organlari xodimining formasini kiyib, mashina kapotida sayr qilgan yigit va uni videoga yigitlar besh sutkaga qamalgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0