Mirziyoyev va G‘ani qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston yetakchilari telefonda suhbatlashdi. Ular suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Pogranichniy Most Drujbi Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII davlatlariga Transafg‘on temir yo‘lini birgalikda qurishni taklif qildi
Prezident Ashraf G‘ani Mirziyoyevga Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash masalalarida ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun birodar Afg‘oniston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hamda yetakchi xalqaro moliyaviy institutlarning yuqori darajadagi vakillari ishtirokida o‘tgan Transafg‘on transport yo‘lagini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ushbu loyihani amalga oshirishni, shu jumladan texnik hujjatlarni tayyorlashni va qurilish ishlarini boshlash muhim ekani ta’kidlandi.
“Prezidentlar sa’y-harakatlarni birlashtirib, yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar”, - deyilgan xabarda.
Shu maqsadda rejalashtirilgan ishlarning bajaralishini muvofiqlashtirishning ikki tomonlama mexanizmi yaratiladi, uning doirasida har oy videoanjumanlar o‘tkazib boriladi.
Na pastbishe. Pandjsherskoe ushelye. Islamskaya Respublika Afganistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
“Mozori Sharif — Qobul — Peshavor”  temir yo‘li qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi
Shuningdek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini, shu jumladan neft-gaz tarmog‘ida, ta’lim sohasida, texnik ixtisosliklar bo‘yicha malakali afg‘onistonlik kadrlarni tayyorlash borasida kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag‘ishlab joriy yil mart oyida Hirot shahrida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar va muloqotlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.
Prezidentlar “Yo‘l xaritasi” va ustuvor investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish va samarali ilgari surish maqsadida qo‘shma hukumat guruhini shakllantirish topshirig‘ini berdi.
Yangiliklar lentasi
0