Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanaya kachalka
Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Obuna bo‘lish
Neft bozorida kotirovkalar barreliga 61 dollardan oshdi. Soha inqiroz yilidan so‘ng jonlanmoqda. Voqealar qanday rivojlanishi haqida batafsil maqolada.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Irina Badmayeva. Neft bozorida optimizm hukmron. Kotirovkalar barreliga 61 dollardan oshdi. Soha inqiroz yilidan so‘ng jonlanmoqda. Tahlilchilar o‘sib borayotgan talab ortidan bir tekisda ko‘tarilishni prognoz qilishmoqda – birinchi navbatda yashil energetikaga o‘tishga shoshilmayotgan Osiyo mamlakatlari hisobiga. Boz ustiga vaziyatni YeI va Yaponiya o‘zgartirishi mumkin. Voqealar qanday rivojlanishi  - RIA Novosti materialida.
Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Neft narxi ilk bor 60 dollardan oshdi

Pandemiya qora oltin narxlarini qulatdi

Neft sohasi pandemiyadan ancha jabr ko‘rdi. Sanoat korxonalari ishlarini vaqtincha to‘xtatdi, yuk va odam tashish va aviaaloqalar qisqardi. Yoqilg‘iga bo‘lgan talab quladi – asosan neft mahsulotlariga.
Shuning uchun OPEK+ ga a’o mamlakatlar qazib olishni keskin qisqartirishga majbur bo‘lishdi. Masalan, Rossiya 85, foizga qisqartirdi. Bu haqda dekabr oyida bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qilgandi. Biroq narxlar aprel oxirida barreliga 20 dollardan iyun o‘rtasiga 40 dollargacha ko‘tarildi. OPEK+ dan tashqari, Eron ham qazib olishni qisqartirdi. Amerika sanksiyalari sabab sutkasiga 2,8 million barreldan 0,3 barrelgacha.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2021
YeOII 2021-yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
Dekabrda barreliga 52 dollardan berishayotgan edi. Keyin koronavirusning yangi shtammi va navbatdagi cheklovlar haqidagi xabarlar ortidan arzonlashdi.
Hozir talab jonlanmoqda. Keng ko‘lamli emlash bozorga umid bag‘ishlamoqda. Fevralda kotirovkalar barqaror o‘smoqda. Brent 61 dollardan oshdi. Oxirgi marta bunday narx o‘tgan yilning 7-yanvarida kuzatilgandi.

OPEK – hammasiga bosh-qosh

Shu bilan birga OPEK har oy kvotalarni qayta ko‘rib chiqmoqda va talab va taklif muvozanatiga munosabat bildirmoqda. “Bundan yondashuv bozor ishtirokchilariga orom beruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Ular vaksinalarning samarasizligi va iqtisodiyotning kovidga qadar darajaga sekin qaytishi holatida kartel ko‘magiga umid qilishmoqda”, - deydi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Kogan.
Dobicha slansevoy nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2020
AQSh "slansevik"larini neft gigantlari qutqarmoqda. Gigantlarni o‘zi cho‘kib ketmasaydi
OPEK+ mamlakatlari yanvardan qazib olishni sutkasiga ikki million barrelga oshirish taklifini rad etishdi. Shunday bo‘lsada, Rossiya va Qozog‘istonga ishlab chiqarishni biroz ko‘paytirishga ruxsat berishdi. Qolganlar fevral-martda ixtiyoriy ravishda bozordan kuniga 1,425 million barrelni olib tashlaydi. Shulardan millioni Saudiya Arabistoniga to‘g‘ri keladi. Bu va’dalar ortidan neft qimmatlashda davom etmoqda.
Ammo tahlilchilar shiddatli o‘sishni kutishmayapti. Birdaniga bir necha omil ta’sir ko‘rsatadi. Avvalo – zaxiralar avvalgidek yetib osharli, butun dunyo bo‘ylab saqlanadigan joylarda milliard barreldan ziyod yig‘ilgan.
Shu bilan birga Liviya yetkazib berishni ko‘paytirmoqda. Bozorga Erondan xomashyo quyilib kirishi istisno qilinmagan. “Liviya nefti o‘sib borayotgan talabni yutib yuborishga qodir, Eronniki esa OPEK+ ni siyosatiga tuzatish kiritishga majburlaydi. Lekin bu Vashington va Tehron qarama-qarshilikni tartibga solgan taqdirda ro‘y beradi”,  - deydi Kogan.
Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2020
AQSh Rossiyadan neft xarid qilishni taqiqlamoqchi
U yaqin oylarda neft 52-65 dollar atrofida sotiladi deb hisoblaydi.

Osiyoliklar neft bozorini qo‘llab-quvvatlashadi

Iqtisodiyoti yaxshi sur’atlarda jonlanayotgan Osiyo mamlakatlari bozorni qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro energetika agentligi 2021-yilda Xitoyda talab sutkasiga 745 ming barrel, Hindistonda 380 mingga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Qolaversa, Xitoy va Hindiston neftni qayta ishlash zavodlariga kutilgandan ham ziyod yoqilg‘i kerak bo‘lishi mumkin. bu mamlakatlar yashil energetikaga o‘tishga shoshilmayapti.
“Samolyot va kemalar muqobil energiya manbalaridan foydalanmas ekan, neftni o‘rnini bosish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bois AQsh Energetika vazirligining 2050-yilga kelib xomashyo 173 dollarga qimmatlashishi haqidagi prognozi tamoman ishonarli. Darhaqiqat, bazoviy ssenariy 95, salbiy esa 48 dollarni nazarda tutadi. Yashil energetikaning tarqalishi har qanday holatda asta-sekin uglevodorodga bo‘lgan talabni kamaytiradi”, - deya fikr yuritadi “Fondoviy Kapital” investitsiya kompaniyasi bosh tahlilchisi Daniil Bolotskix.
Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi
Shu tariqa, Germaniya 2030-yilga kelib energetika sektorida qayta tiklanadigan manbalar ulushini ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya ichki yonuv dvigatellaridan voz kechishga hozirlanmoqda.
Nima bo‘lganda ham Rossiya qimmatlashayotgan neftdan umidvor bo‘lmasligi darkor. Hatto kotirovkalar 174 dollargacha ko‘tarilsada, sanksiyalar qoladi. Shuning uchun o‘n yillar davomida muhokama qilinayotgan iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish avvalgidek dolzarbdir.
Yangiliklar lentasi
0