Analitika

Oʻzbekistonda yadroviy maxfiylik bormi – YAFI direktori bilan intervyu

© Sputnik / Igor Russak / Fotobankka oʻtishShaxta yadernogo reaktora
Shaxta yadernogo reaktora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda institutda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, sohadagi dolzarb muammolar, AES masalasi hamda institutning kelajakdagi rejalari haqida soʻzladi.
1959 yilning sentyabr oyida Toshkent yaqinidagi Ulugʻbek shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida quvvati 2 MVt boʻlgan BBP-CM tadqiqot yadro reaktori foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik reaktor quvvati 10 MVt ga oshirildi. Yadro qurilmasi Dollejal nomidagi Rossiya energetika ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida ishlab chiqilgan. Hozirda institut tashkil topganining 65 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIlxam Sadыkov, direktor Instituta yadernoy fiziki, doktor texnicheskix nauk
Ilxam Sadыkov, direktor Instituta yadernoy fiziki, doktor texnicheskix nauk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov bilan shu kecha-yu kunduzda institutda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, soha jadal rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan omillar, AES masalasi, oʻzbek yoshlarining fizikaga qiziqish darajasi hamda institutning kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.

- Ilhom Ismoilovich, internetda Oʻzbekiston FA qoshidagi Yadro fizikasi instituti 2017 yilda tashkil topgan degan jumlalarga koʻzimiz tushadi. Buni qanday izohlaysiz?

- Darhaqiqat, menga koʻpincha institutlaringiz 2017 yilda tashkil topganmi, deya savol berishadi. Institut Nizomida FA Yadro fizikasi instituti 2017 yilda tashkil topgan deb yozib qoʻyilgan, lekin institut aslida 1956 yilning sentyabrida tashkil topgan va nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy-tekshirish muassasasi hisoblanadi. Nasib qilsa, 65 yilligini nishonlash arafasida turibmiz.  Nega 2017 yil, degan savolga kelsak, 2016 yilda Hukumat qarori bilan institut deyarli yoʻq qilib yuborilgan: u ikki qismga boʻlinib, biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiga, ikkinchisi Oʻzbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga topshirilgan. Institutimizda u yopilishidan oldin 500dan ortiq xodim ishlagan boʻlsa, OʻzMU fizika fakultetida ular soni 48 nafarni tashkil qilgan, xolos.
Test-sistemы dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2020
Jamiyat
Koronavirusni diagnostika qilishda tezkor yadroviy metod taklif qilindi
Oʻshanda bu oʻzgarishlar haqida fiziklar oʻrtasida «chumoli filga uylantirildi», mazmunidagi latifa ham tarqalgan edi.
Yashirishdan ne hojat, yaqin–yaqinlargacha ilmiy tadqiqot institutigagina emas, balki ilm-fanga eʼtibor sust edi. Qiziqish ham. Prezident Shavkat Miromonovich bu sohaga birinchilardan eʼtibor qaratdilar: saylanganlaridan soʻng bir yil oʻtmasdan, institutni qayta tiklash toʻgʻrisida qarorni imzoladilar. 2019 yil 21 noyabrda «Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida» qaror qabul qilindi. Bu hujjat institutning barcha jabhalarini oʻz ichiga olgan: kelgusidagi yoʻnalishlari, rivojlanishi belgilab berib, uning xalqaro aloqalari, kadrlar masalasi va mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalariga mana shu institutda qilinayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarini qoʻllash va mavjud muammolarini hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish masalalari belgilab berilgan.
Shu tariqa, Yadro fizikasi instituti qayta tiklanib, hozirda oʻz faoliyatini qayta davom ettirayapti.

- Institutda nima bilan shugʻullaniladi? Qanday tadqiqotlar olib boriladi?

- Institutda yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.
Yadernыy chemodanchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2019
Jamiyat
Dunyoda ilk bor "yadroviy chemodan"ning ichi namoyish qilindi
Hozirgi kunda institutda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha 14ta ilmiy boʻlim va laboratoriyalar faoliyat koʻrsatmoqda.

- Institut olimlari tomonidan yaratilgan qanday ishlanmalarni yutuqlaringiz sifatida sanab oʻta olasiz?

- Ishlab-chiqarishga kiritilishga juda yaqin boʻlgan ishlanmalarimiz bor: birinchisi, bu radiatsiyaviy ishlov berish natijasida, qattiq materiallardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlash muddatini uzaytirish. Bu borada Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati, Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati hamda respublikamizdagi yana ikkita tashkilot bilan ishlar olib borayapmiz, shartnoma imzolandi. Ikkinchisi – radiokimyo yoʻnalishida. Atom reaktori bazasida yangi izotoplar olish. Yutetsiy-177 radio-izotopi olingan. Bu radioizotop tibbiyot sohasida, yaʼni saraton kasalini davolash uchun qoʻllaniladi. Lekin u faqat izotop. Yaʼni uni dori – radiofarm  preparat koʻrinishiga keltirish uchun qiladigan ishlarimiz mavjud. Chet ellik investorlar bilan shuni ustida ish olib boryapmiz.
Preduprejdayuщiye znaki na territorii Polesskogo gosudarstvennogo radiatsionno-ekologicheskogo zapovednika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2018
Jamiyat
MDH davlatlari yadroviy xavfsizlik haqida kelishib olishadi
Bundan tashqari, Germaniy-68 radioizotopini olish bu borada rossiyalik va qozogʻistonlik hamkorlar bilan ishlayapmiz.
Shuningdek, radiatsiya yordamida mahsulotlarga, ayniqsa, tibbiyot mahsulotlariga ishlov berib, ularni sifatini yaxshilash yoʻnalishda ham ancha vaqtdan buyon izlanishlar olib boryapmiz.
Institutda materialshunos olimlarimiz tomonida original yadro texnologiyasi yaratilgan boʻlib, uning yordamida dunyodagi bir nechta zargarlik kompaniyalari buyurtmasiga koʻra, yarim qimmatbaho toshlar, yaʼni turli tabiiy minerallarga rang berib kelinadi. Xabaringiz boʻlsa, koʻpgina tabiiy qimmatbaho toshlar: yaʼni topaz, turmalin, akvamarin, yoqut singari minerallarning tabiatda asosiy qismi shishaday rangsiz boʻladi. Bu toshlarni rangliklari juda ham kam, ehtimol 10% ham chiqmas. Bu ham tabiatda uzoq vaqt radiatsiya taʼsirida roʻy berishi mumkin.  Mana shu - 100 millionlab yil davomida boʻladigan jarayonni yadro reaktorida bir necha soatda amalga oshiramiz va toshlarga ajoyib, goʻzal tabiiy ranglar beramiz. Buni natijasida ularni narxi 3-5 barobardan 100-120  barobargacha oshib ketadi.
Otrabotannoye yadernoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2018
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekistonga yadroviy yonilgʻini yetkazib berdi
Vengriyadagi, Misrdagi reaktorlarda ham shunday ishlar bajariladi, bizning texnologiyamizni ulardan farqi, bir vaqtning oʻzida besh barobar koʻp miqdordagi toshlarga rang berish imkoniyatiga. Buni natijasida rang berish tan narxi anchagina pasaydi va shu tufayli bugungi kunda koʻplab buyurtmachilar bizni institutimizga murojaat qilyapti, hozir yiliga 1 tonnadan ortiq toshga rang berish boʻyicha valyuta kontraktlari tuziladi.

- Institutlaringizda maxfiy yoʻnalishlarda izlanishlar olib boriladimi?

- Mustaqillikka erishilgandan keyin yopiq yoʻnalishlar, yopiq tematikalar toʻxtatilgan. Hozir ham institutimizda maxfiy yoʻnalishlarda deyarli ish olib borilmaydi.

- Yadroviy yoʻnalish – eng yosh yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Yoshlarning ushbu sohaga qiziqishi qanday? Institutda ustoz-shogirdlik masalalari qanday olib boriladi?

- Bugun yadro fizikasi institutida 15ta fan doktori, uch nafar akademik bor. Yosh kadrlar ham juda koʻp. Akademiklarimiz oʻz sohalari boʻyicha ustoz-shogirdlik anʼanalarini yoʻlga qoʻyganlar. 
Magistr vtorogo kursa MIFI Kurbaniyaz Kanyazov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2020
Jamiyat
Bu Oʻzbekistonni oʻzgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi taʼlim haqida
Shuningdek, oʻtgan yildan boshlab stajer-tadqiqotchilar instituti tashkil qilindi. Yetakchi olimlarimiz ana shu stajer tadqiqotchilarni suhbat asosida tanlab olib, ular bilan birgalikda ish olib borishyapti. Oʻzbekistonda AES qurilishi rejalashtirilgandan keyin, bu borada ham yangi yoʻnalish tashkil qilinib, yoshlarimiz jalb qilingan. Institutda yadro fizikasi, nazariy, eksperimental, kimyo fizikasi va boshqa sohalarda 10dan ortiq ilmiy maktablar bor. Olimlar oʻzlarini ilmiy maktablarini tashkil qilishgan. Oʻnlab yosh mutaxassislar yetishib chiqadi bunda ham.
Taʼkidlash joizki, bugun yoshlarning yadro fizikasi sohasiga qiziqishi kuchaygan va bu quvonarli, albatta. Jajji bolalar u yoki bu tadbirda menga yadro fizikasi sohasida olim boʻlmoqchiman, buni uchun qaysi universitetni bitirish kerak degan savollarni berishadi. Taʼkidlash joizki, bizning institutimiz doirasida Rossiya Milliy Tadqiqot Yadro Universitetining "Moskva muhandislik fizikasi instituti" (MIFI) ning birinchi xorijiy filiali ochilgan.

- Institutlaringizda shu bugungi kunda birinchi navbatda yechimini topish kerak boʻlgan dolzarb muammo nima?

- Yadro reaktorini turli asboblari, qismlari vaqt oʻtishi bilan eskirib bormoqda. Axir 1959 yil ishga tushirilgan. Shularni almashtirish, yangilash boʻyicha deyarli mablagʻ ajratilmayapti.
Rektor NIYAU MIFI Mixail Strixanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2019
Analitika
Oʻzbekistonga yadro sohasida yangi yoʻnalishlar qiziq – MIFI rektori
Institutga bir yilda eksport ishlaridan 3 million dollardan ortiq mablagʻ kelib tushadi. Shartnomalardan 9-10 milliard soʻm atrofida pul ishlaymiz. Byudjetdan ajratilgan har bir soʻmni 2,5-3 soʻmga aylantiramiz. Lekin oʻzimiz topgan pulimizga shu eskirgan uskunalarni yangilaymiz, desak shunga ruxsat ololmaymiz. Aytaylik, shoshilinch holat yuz berdi, deylik bir uskunaning nasosi kuyib qoldi. Hozir tuzatish kerak. Shartnoma tuzib, birjaga savdolashishga qoʻyib, yaʼni  turli qogʻozbozchilik ishlarini qilishga vaqt yoʻq. Bor shunaqa tashkilotlar, ikki soatda taʼmirlash ishlarini qilib berishi mumkin. Ammo u bilan shartnoma qildirishga imkoniyatimiz yoʻq, chunki u bilan shartnoma qilib birjaga qoʻysangiz, boshqasi yutib ketishi mumkin. 
Emblema Rosatoma, arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2020
Kolumnistlar
Radiofobiya yoki “Rosatom” reaktorlari xavfsizmi?
Reaktorga bir uskuna kerak boʻlib qolganda, bir kompaniya bilan shartnoma tuzib, birjaga "torg"ga qoʻyganimizda, Quvasoy (Fargʻona viloyati, - tahr.)dan bir kompaniya yutib olgan. Oʻshanda hayron qoldik, nahotki reaktorga tegishli uskuna oʻzimizda, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilarkanu, biz bexabar edik, deb. Keyin qoʻngʻiroq qilsak, "yoʻq, biz bunaqa narsani ishlab chiqarmaymiz", degan javobni oldik.
Hozirgi, korruptsiyani oldini olishga qaratilgan tizimda biz vaqt va kuch yoʻqotyapmiz.
Bir narsani tushunish muhim, reaktorda ishlatilayotgan materiallar juda yuqori sifatli boʻlishi kerak. Achchiq boʻlsa ham aytish shart, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan reaktorni suvini tozalash uchun ishlatiladigan ion almashuvchi smolalarni bizdagi reaktorda ishlatib boʻlmaydi. Chunki ularni yuqori radioaktivlikka chidamliligi past.
Uchastok izgotovleniya toplivnыx tabletok dioksida urana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2018
Jamiyat
MAGATE mutaxassislari Oʻzbekistondagi tadqiqot reaktori faoliyatini oʻrgandi
Ajratiladigan mablagʻlar institutlarni oʻziga berilishi kerak, degan fikrdaman. Chunki qanday uskuna sotib olish kerakligini oʻsha institutdagi mutaxassislardan boshqa hech kim yaxshiroq bilmaydi.

- Oʻzbekiston Rossiya texnologiyalari asosida AES qurishni rejalashtirmoqda. Yetakchi fizik olim, qolaversa, YAFI rahbari sifatida, fikringiz qiziq. Bu loyihadan havotir olish kerakmi yoki aksincha, u Oʻzbekiston uchun foyda keltiradimi?

- Bugungi kunda dunyoning 32 ta mamlakatida 191 ta atom elektr stantsiyalari ekspluatatsiya qilib kelinmoqda, 51ta energobloklar qurilish bosqichida turibdi. Rossiya esa AES qurish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Birinchi atom elektr stantsiyasi 1954 yilda qurilgan va 75 yillik faoliyati tarixiga nazar soladigan boʻlsak, atigi uch marta u bilan bogʻliq yirik avariyalar roʻy bergan.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2021
Jamiyat
Shavkat Abdukamilov: Oʻzbekiston boʻlajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
Hozirgi kungacha gidroelektrstantsiyalarda sodir boʻlgan avariyalarda AESga nisbatan bir necha ming marta koʻp odam qurbon boʻlgan. Gidroobʼyektlarning xavflilik darajasi AESnikiga nisbatan yuqori.
Hozirgi kunda hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Mavjud elektr stantsiyalari ichida hozirgi kunda AESlar – xavfsizligiga juda katta eʼtibor beriladigan va qurilishiga sarflanadigan mablagʻning salkam yarmi obʼyekt xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltiriladigan obʼyektlar hisoblanadi.
Mavjud elektr stantsiyalari ichida stabil (turgʻun) ravishda, qolaversa arzon elektr energiya berib turadigan stantsiyalardan bittasi ham shu – AES boʻladi.
Shularni hisobga oladigan boʻlsak, undan juda ham qattiq xavfsirash kerak emas. U hatto koʻproq foyda keltiradi, deb qarash toʻgʻriroq boʻladi.
Shavkat Abdukamilov, nachalnik upravleniya nauki, innovatsii i podgotovki kadrov agenstva UzAtom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Abdukamilov: bitiruvchi-atomchilar darhol oʻzbek AESi pultiga yaqinlashtirilmaydi
Chunki bugun Oʻzbekistonda ishlab chiqarish templari juda ham tez rivojlanyapti, aholining ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda, lekin shunga yarasha elektr energiyasi quvvatlari ishga tushirilmagan.
Energetika sohasini rivojlantirishning 2030 yilgacha boʻlgan kontseptsiyasida Oʻzbekiston boʻyicha hamma turdagi elektr energiya manbalarini rivojlantirish koʻzda tutilgan. Quyosh elektr stantsiyalari, shamol stantsiyalari, IES, gidro elektr stantsiyalari shular jumlasidan. Hammasini rivojlantirish koʻzda tutilgan. AES ishga tushirilgach, elektr energiyasi quvvati umumiy miqdoridan 8% ini taʼminlashi koʻzda tutilgan.
Shularni hisobga olgan holda aytish joizki, bugungi kunda Oʻzbekiston faqat AES qurishni yoki atom sohasini rivojlantirishgagina eʼtibor qaratayotgani yoʻq.  
Belgilangan xavfsizlik choralariga amal qilinsa, AES hech qanday xavf tugʻdirmaydi.

- Institutning istiqboldagi rejalari haqida ham gapirsangiz?

- Yaqin oʻn yil ichida Oʻzbekistonda yangi atom tadqiqot reaktorini qurish boʻyicha yaqinda taklif kiritdik. Kelgusi 1-2 yil ichida loyiha ustida ishlash koʻzda tutilgan. Bu bilan Yadro fizikasi radiatsion fizika yoʻnalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, radioizotop mahsulotlarni ishlab-chiqarish, radio-farm preparatlar hisobini koʻpaytirish va eksport salohiyatini oshirishni rejalashtiryapmiz.
Logotip korporatsii Uzatom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2019
Iqtisod
Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida
Bundan tashqari, yangi yuqori energiyali tsiklotron – yaʼni zaryadlangan zarrachalarni tezlatuvchi qurilmani barpo etishni rejalashtirganmiz. Hozir buni ustida bir nechta xorijiy investorlar bilan kelishuv olib boryapmiz. Tsiklotron – bir qator yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish bilan birga radioizotop mahsulotlarini olish imkonini beradi. Meditsina sohasida ishlatilayotgan koʻpgina radioizotoplar aynan shu tsiklotronda ishlab chiqarilgan.
Yana bir rejalashtirilgan ulkan loyihalarimizdan bittasi – elektron tezlatkich asosida tibbiyot buyumlarini sterilizatsiya qiladigan va oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlariga radiatsion ishlov berish natijasida ularning saqlash muddatini oshiradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqmoqchimiz.
Ministr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2019
Analitika
Alisher Sultonov AESning yangi bloklari, Markaziy Osiyo birdamligi va gidroenergetika haqida
Andijon, Fargʻona, Samarqand viloyatlariga shu tezlatkichlarni oʻrnatib, oziq-ovqat mahsulotlariga radiatsion ishlov berishni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning 30%i dalada qolib ketsa, taxminan yana 30%i chirib, omborxonalarda yoʻqolib ketadi. Agar ularga radiatsion ishlov beriladigan boʻlsa, turli chirituvchi zamburugʻlarni oʻldirib, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati bir necha barobarga oshiriladi.
Radiatsion ishlov berish – inson organizmi uchun toʻla xavfsiz, bu butun dunyoda qoʻllaniladi hozirda. Hatto koʻpgina mamlakatlarda import qilinayotgan mahsulot, agar unga radiatsion ishlov berilmagan boʻlsa, chegaradan oʻtkazilmaydi.    
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala