Sport

Oʻzbekistonlik hakamlar Tokio Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishlashadi

© Press-slujba Minsporta RUzObladatel nagrudnogo znaka «Uzbekiston belgisi», medalya «Shuxrat» Ramziddin Saidov
Obladatel nagrudnogo znaka «Uzbekiston belgisi», medalya «Shuxrat» Ramziddin Saidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqalarida ishlovchi referilar orasida oʻzbekistonlik hakamlar ham oʻrin olgan.
TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. Xalqaro dzyudo federatsiya (IJF) yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Karate. Etap Premyer-ligi Karate1 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Sport
Oʻzbekiston karatechilari Olimpiadaga tayyorlanmoqda
Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqalarida ishlovchi referilar orasida oʻzbekistonlik hakamlar ham oʻrin olgan.
IJF taqdim etgan roʻyxatga koʻra, Xalqaro toifadagi referi, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi", "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni, "Shuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida, Xalqaro toifadagi referi, Pusan-2002 Osiyo oʻyinlari sovrindori Vyacheslav Pereteyko esa Paralimpiya oʻyinlarida ishlashi koʻrsatilgan.
Sal avval Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va Olimpiada tashkiliy qoʻmitasi koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda kutilayotgan Olimpiada oʻyinlarida oʻzni tutish qoidalari jamlanmasini eʼlon qilgani haqida xabar bergan edik.
Kolledj olimpiyskogo rezerva v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Buxoroda toʻliq taʼmirlangan Olimpiya zaxiralari kolleji ochildi
Yangi qoidalarga koʻra, sportchilar va musobaqalar qatnashchilarini faqatgina chapak chalish orqali qoʻllab-quvvatlashga ruxsat berildi. Bu chora koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Atletlarning oʻziga faqatgina birinchi 14 kun davomida musobaqalar, barlar va turistik manzillarni tomoshabin sifatida borishga ruxsat beriladi. Ularga shuningdek, yaqindan aloqada boʻlgan kishilar roʻyxatini taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgust sanasigacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga uzaytirildi. Hozirda olimpiya oʻyinlari 2021 yilning 23 iyulidan - 8 avgustigacha, Paralimpiya oʻyinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha boʻlib oʻtishi taxmin qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala