Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Migrantlar yetishmasligi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda- Bloomberg

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishSneg v Moskve
Sneg v Moskve  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Mehnat migrantlarining yetishmovchiligi 10 yil ichida YAIMning 25 bazaviy bandga yillik pasayishiga olib kelishi mumkin.
TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Ishchi kuchining qisqarishi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda, deb yozmoqda Bloomberg axborot agentligi.
Sbor urojaya klubniki v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiya
Rossiyaga migrantlarning kirishini soddalashtirish hukumatda faol muhokama qilinmoqda – Peskov
Hisob-kitoblarga koʻra, mehnat migrantlarining yetishmovchiligi 10 yil ichida YAIMning 25 bazaviy bandga yillik pasayishiga olib kelishi mumkin.
Tahlilchilar uzoq muddatli istiqbolda ishchi kuchi kamayishini bashorat qilmoqda. Ularning fikriga koʻra, Rossiya iqtisodiyoti uchun vaziyat hatto neft narxi koʻtarilgan taqdirda ham xavotirli boʻlib qoladi.
Qayd etilishicha, migrantlarning etishmasligi tufayli koʻplab korxonalar, xususan, qurilish kompaniyalari mavjud boʻsh ish oʻrinlariga nomzodlarni topish uchun maoshlarni oshirishga majbur boʻlishdi. Biroq, qurilish maydonlarida ishchilar yetishmasligi hali ham mavjud.
Bloomberg ommaviy emlash migrantlar oqimini tiklashi mumkin deb hisoblaydi, ammo Markaziy Osiyo aksariyat davlatlarida vaktsinalar yetarli emas.
Avvalroq Rossiya kompaniyalari dalada mavsumiy ish olib borish uchun ishchi kuchining tanqisligiga duch kelgani haqida xabar berilgan edi. Ular hukumatdan istisno tariqasida migrantlar uchun chegara ochilishini soʻrashgandi. Hududlar ishchi kuchi yetishmovchiligini 38,2 ming kishiga baholagan. Qishloq xoʻjaligi xodimlarining taʼkidlashicha, mahalliy aholi ishlashni xohlamaydi yoki zarur koʻnikmalarga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala