Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev aholini COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash boʻyicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Sogʻliqni saqlash vazirligiga birinchi navbatda emlanishi zarur boʻlgan aholi toifasini belgilab, elektron roʻyxatini shakllantirish vazifasi topshirildi.
TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini taʼkidladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Vaktsina kuchi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Infografika
Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi emlash - eng dolzarb maʼlumot
“Sogʻliqni saqlash vazirligiga birinchi navbatda emlanishi zarur boʻlgan aholi toifasini belgilab, elektron roʻyxatini shakllantirish, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash boʻlimlari va qoʻshimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish vazifasi qoʻyildi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov 2021 yil yakuniga qadar aholining 20 foizi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan edi.
Uning soʻzlariga koʻra, mart oyida koronavirusga qarshi vaktsina keltiriladi. Bunda birinchi navbatda 85 yoshdan oshganlar, undan keyin 75 yoshdan 84 yoshgacha boʻlganlar, keyingi bosqichda esa 65 yoshdan 75 yoshgacha boʻlganlar emlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala