O‘zbekiston “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazishga kirishdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishV Moskve nachalas vaksinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let
V Moskve nachalas vaksinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya taqdim etgan vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi. Uni mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash ma’qullandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetkazilgan. Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shuningdek, ushbu vaksinani O‘zbekistonda sertifikatlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.
“Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi va birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni o‘tkazish algoritmi va alohida tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirish, shuningdek, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi:
  • 65 yoshdan oshgan keksalar;
  • surunkali kasalliklari bor shaxslar;
  • tibbiyot xodimlari;
  • maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
  • aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev aholini COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0