Turizm

Oʻzbekistonliklar uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Prezidentning “Oʻzbekistonda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida ichki turizmni ragʻbatlantiruvchi choralar belgilangan.
TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi. Prezidentning “Oʻzbekistonda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida ichki turizmni ragʻbatlantiruvchi choralar belgilangan, deya xabar qilmoqda urizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.
Unga koʻra, yangi joriy etilayotgan aviaqatnovlar uchun chiptalar Oʻzbekiston fuqarolariga 25 foiz arzon sotiladi, agar ushbu chipta turoperator orqali xarid qilinsa, ushbu chegirma miqdoriga 15 foiz qoʻshilib, umumiy 40 foizlik chegirma taqdim etiladi.
Mechet Bibi-Xanыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2020
Turizm
Oʻzbekiston ichki turizmni yanada rivojlantiradi
Shu bilan birga, turoperator orqali xarid qilingan mehmonxona xizmatlari ham 10 foizga arzonlashtirilgan narxda sotiladi.
Bundan tashqari, xizmatlarni kompleks koʻrsatuvchi turoperatorlar korporativ narxlarda boshqa xizmatlarni ham arzonlashtirib berishi koʻzda tutiladi.
2020 yil 3 fevraldan yoʻlga qoʻyilgan Urganch—Fargʻona—Urganch aviareysi eng arzon narxi — 920 ming soʻm. Mahalliy sayyoh ushbu chiptani bevosita aviakassadan sotib olganda chipta narxi 25 foizga arzonlashib, 690 ming soʻmni tashkil qiladi. Turoperator orqali xarid qilganda esa yana 15 foiz chegirma taqdim qilinib, chipta narxi 587 ming soʻmni tashkil qiladi — 333 ming soʻm chegirma taqdim qilinmoqda.
Xuddi shu kabi turoperatorlarga yoʻlga qoʻyilayotgan temir yoʻl qatnovlaridagi chiptalarga ham 15 foizlik chegirma taqdim etiladi. Bunda Termiz—Samarqand yoʻnalishidagi 108 ming soʻm turadigan chipta narxi 92 ming soʻmni tashkil qiladi.
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Turizm
Mahalliy aholidan ham turistik yigʻim undiriladi
Oʻz navbatida, fuqaro turoperator orqali mehmonxonani bron qilsa, shartli ravishda “Oʻzbekiston” mehmonxonasidagi bir kishilik standart xona narxi 270 ming soʻmni tashkil qilsa, bu fuqaro uchun turoperatorga taqdim qilingan korporativ narxlar asosida 200 ming soʻmni tashkil qiladi. Yuqoridagi 10 foiz chegirma hisobiga esa mehmonxona narxi 180 ming soʻmga aylanadi. Yakunda tashkil qilingan mexanizmga koʻra, 270 ming soʻm turuvchi mehmonxona 90 ming soʻmga arzonlashmoqda.
Masalan, ushbu xizmat Fargʻona shahridagi “Ziyorat” mehmonxonasida 180 ming soʻmga taqdim etiladi, turoperatorlar korporativ narxlarda 150 ming soʻmdan olishib, 10 foizlik chegirma hisobiga mahalliy sayyohga 135 ming soʻmga taqdim qiladi. Bunda turistik yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etib, 980 soʻmni tashkil qiladi.
Oʻz navbatida, turistik yigʻimdan tushgan mablagʻlar toʻligʻicha ichki sayohatlarni ragʻbatlantiruvchi dasturlarga yoʻnaltiriladi. Qonunchilikka koʻra, mehmonxona yigʻimlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader