https://oz.sputniknews-uz.com/20210212/Ichki-ishlar-organlari-faoliyati-tanidiy-talil-ilindi-15991163.html
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishida ishtirok etdi. 12.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-12T19:26+0500
2021-02-12T19:26+0500
2021-02-12T19:35+0500
iiv
shavkat mirziyoyev
oʻzbekiston
jamiyat
oʻzbekiston kuch tizimidagi muhim tayinlovlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/0c/15991223_0:64:1280:788_1920x0_80_0_0_4fd407f54003dca34b1697c7cde3a138.jpg
TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishida ishtirok etdi.Yigʻilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishidagi ishlari tanqidiy muhokama qilindi.Tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi zarurligi taʼkidlandi. Bu borada koʻrilgan dastlabki choralar natijasida oʻtgan yili 4 ming 500 dan ziyod mahallada bironta ham jinoyat bulmagan. Lekin, koʻp rahbarlar mahallaga tushib ishlamagani, muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, hal qilmagani oqibatida ayrim mahallalarda jinoyatlar oshgani koʻrsatib oʻtildi.Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ish yuklamasini yengillashtirib, natijadorligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.“Qaysi hokim profilaktika inspektorini qabul qilib, gaplashdi? Uning bir kunlik ishini, oilaviy sharoitlarini oʻrgandi? Hamma "kattakon" uchastka noziriga buyruq beradi. U hamma narsa bilan shugʻullanyapti, koʻp vaqt yoʻqotyapti, asosiy ishi qolib ketyapti. Oʻzi eng katta mehnatkash - profilaktika inspektori. Agar unga sharoit yaratsak, u davlatdan rozi boʻlib ishlasa, koʻp masalalar hal boʻladi,” - dedi prezident.Ichki ishlar idoralarining barcha boʻgʻinida qogʻozbozlik va byurokratiyani keskin kamaytirib, ish yuritishni raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligida axborot texnologiyalari boʻyicha alohida vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilgani maʼlum qilindi.Soha uchun professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning bilimini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.“Ichki ishlar xodimlari tunu kun, har qanday sharoitda el xizmatida”, - dedi prezident. - Bu pandemiya sharoitida, Buxoro va Sardobadagi ogʻir kunlarda yaqqol koʻrindi. Boshqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida. Ish haqini belgilashda buni inobatga olish zarur. Shuning uchun, joriy yilda barcha ichki ishlar xodimlari ish haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini taʼminlashga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat oʻtovchi xodimlar ish haqi esa 60 foizga oshiriladi.Yigʻilishda ayrim tuzilmalar rahbarlari lavozimidan ozod etildi.Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ichki ishlar vaziri, huquq-tartibot idoralarining hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va viloyat hokimlari axborot berdi.
https://oz.sputniknews-uz.com
https://oz.sputniknews-uz.com/20210203/zbekiston-IIV-2020-yilda-khizmat-vatida-vafot-etgan-khodimlar-sonini-ochiladi-15929161.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/0c/15991223_0:24:1280:828_1920x0_80_0_0_ce557d9e03e2701847172edfd97845e0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iiv, shavkat mirziyoyev, oʻzbekiston, oʻzbekiston kuch tizimidagi muhim tayinlovlar
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
19:26 12.02.2021 (yangilandi: 19:35 12.02.2021) Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishida ishtirok etdi.
TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishida ishtirok etdi.
Yigʻilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishidagi ishlari tanqidiy muhokama qilindi.
“Huquq-tartibot idoralariga hamma sharoitlarni yaratib, eng zamonaviy texnikalarni olib berdik. Katta vakolat, kuch va vositalar bor. Lekin natija kutilganidek emas. Organlar yakdil boʻlib, vertikal boshqaruvni toʻgʻri tashkil eta olmayapti. Ularning ishidan xalqimiz norozi,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi zarurligi taʼkidlandi. Bu borada koʻrilgan dastlabki choralar natijasida oʻtgan yili 4 ming 500 dan ziyod mahallada bironta ham jinoyat bulmagan. Lekin, koʻp rahbarlar mahallaga tushib ishlamagani, muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, hal qilmagani oqibatida ayrim mahallalarda jinoyatlar oshgani koʻrsatib oʻtildi.
Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ish yuklamasini yengillashtirib, natijadorligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.
“Qaysi hokim profilaktika inspektorini qabul qilib, gaplashdi? Uning bir kunlik ishini, oilaviy sharoitlarini oʻrgandi? Hamma "kattakon" uchastka noziriga buyruq beradi. U hamma narsa bilan shugʻullanyapti, koʻp vaqt yoʻqotyapti, asosiy ishi qolib ketyapti. Oʻzi eng katta mehnatkash - profilaktika inspektori. Agar unga sharoit yaratsak, u davlatdan rozi boʻlib ishlasa, koʻp masalalar hal boʻladi,” - dedi prezident.
Ichki ishlar idoralarining barcha boʻgʻinida qogʻozbozlik va byurokratiyani keskin kamaytirib, ish yuritishni raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligida axborot texnologiyalari boʻyicha alohida vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilgani maʼlum qilindi.
Soha uchun professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning bilimini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
“Ichki ishlar xodimlari tunu kun, har qanday sharoitda el xizmatida”, - dedi prezident. - Bu pandemiya sharoitida, Buxoro va Sardobadagi ogʻir kunlarda yaqqol koʻrindi. Boshqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida. Ish haqini belgilashda buni inobatga olish zarur. Shuning uchun, joriy yilda barcha ichki ishlar xodimlari ish haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini taʼminlashga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat oʻtovchi xodimlar ish haqi esa 60 foizga oshiriladi.
Yigʻilishda ayrim tuzilmalar rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ichki ishlar vaziri, huquq-tartibot idoralarining hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va viloyat hokimlari axborot berdi.