Jamiyat

Mirziyoyev harbiy xizmatga chaqiruv toʻgʻrisida qaror imzoladi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoPrizыvniki gotovyatsya k otpravke iz voyennogo komissariata
Prizыvniki gotovyatsya k otpravke iz  voyennogo komissariata  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
kuch nimada? - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Infografika
Harbiy kuch nimadan iborat?
Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2021 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala